BBC navigation

Baxtsiz bolalik yurak kasalligiga omil bo‘lishi mumkin

Сўнгги янгиланиш 5 феврал 2013 - 15:55 GMT

So‘zamol, diqqatini yaxshiroq jamlay oladigan bolalarda bu xavf kamroq, deyiladi.

Bolalikdagi ruhiy beqarorlik keyinchalik yurak xastaliklariga yetaklashi mumkin.

Yangi tadqiqot xulosasiga ko‘ra, mazkur holat, ayniqsa, ayollar ko‘proq kuzatilishi mumkin ekan.

Aytilishicha, 7 yoshlik paytdagi tushkunlikka moyillik umrning keyingi bosqichlarida yurak qon-tomir kasalliklariga chalinish xavfini sezilarli darajada oshiradi.

So‘zamol, diqqatini yaxshiroq jamlay oladigan bolalarda bu xavf kamroq, deyiladi.

Ammo, Qo‘shma Shtatlar tadqiqotchilariga ko‘ra, baxtsiz bolalik va yurak kasalliklari o‘rtasidagi aloqani yaxshiroq tushunish uchun hali yana ko‘proq ish olib borish lozim.

Tadqiqot 377 nafar katta yoshlilar ustidan olib borilgan. Bu odamlar bolaliklarida ham xuddi shu tadqiqotda ishtirok etishgan.

7 yoshlik payti ulardagi ruhiy kechinmalarini kuzatish uchun bir necha bor sinov o‘tkazilgan.

O‘sha paytdagi sinov natijalari bilan hozir 40 yoshlar atrofida bo‘lgan odamlarning yurak qon-tomir xastaliklariga chalinish xavfi darajasi solishtirilgan.

Yurak xastaliklariga inson hayoti davomida duch keladigan boshqa omillar ham sabab bo‘lishi mumkin.

Ammo, tadqiqotchilarga ko‘ra, 7 yoshlik paytda ruhiy beqarorlikni boshidan kechirgan o‘rta yoshli ayollarning yurak qon-tomir kasalliklariga chalinish xavfi 31 foizga katta bo‘lar ekan.

Erkaklarda esa, bu xavf 17 foizni tashkil qiladi, deya xulosa qilingan.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.