BBC navigation

Eron Prezidenti Mahmud Ahmadinejod Misrga safar qilmoqda

Сўнгги янгиланиш 5 феврал 2013 - 10:50 GMT

Janob Mahmadinejodning tashrifi Misrda Islomiy davlat rahbari qudratga kelganidan beri ikki tomonlama aloqalar yaxshilanayotgani alomati deyilmoqda.

U 1979 yil Islomiy inqilobdan beri ayni mamlakatga borgan ilk Eron rahbaridir.

Mahmud Ahmadinejod poytaxt Qohiraga chorshanba kuni ish boshlaydigan Islomiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi yig‘inida ishtirok etish uchun borgan.

Prezident Muhammad Mursiy uchoqdan tushib kelayotgan Eron rahbarini o‘pib qarshi olgan.

Muxbirlarga ko‘ra, janob Mahmadinejodning tashrifi Misrda Islomiy davlat rahbari qudratga kelganidan beri ikkitomonlama aloqalar yaxshilanayotgani alomatidir.

Tehrondan uchib ketayotib, davlat axborot agentligiga gapirgan Ahmadinejod janoblari:

"Men Eron va Misr o‘rtasida hamkorlik rivojlantirishi uchun tamal toshi qo‘yishga harakat qilaman", deb aytgan.

Eron va Misr o‘rtasidagi munosabatlar 1980 yil - o‘sha paytdagi Prezident Anvar Sodat Isroil bilan tinchlik kelishuvi imzolashi ortidan sovuqlashgandi.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.