BBC navigation

O‘zbekiston: ayollarni majburan bichish qanchalik keng tarqalgan?

Сўнгги янгиланиш 6 феврал 2013 - 15:45 GMT

Ўзбекистон: аёлларни мажбуран бичиш қанчалик кенг тарқалган?

Ўзбекистон сўнгги йилларда аёлларни мажбурий стерилизация қилиш амалиёти учун танқид қилинган.

Тинглашmp3

Муқобил медиа плейерда ўйналсинми

O‘zbekiston so‘nggi yillarda ayollarni majburiy sterilizatsiya qilish amaliyoti uchun tanqid qilingan.

2012 yil yozida BBCga gapirgan o‘zbek ayollari ikkinchi farzandlari tug‘ilganidan so‘ng o‘zlari bexabar bo‘lgan holda bachadon naychalari tugib qo‘yilgani yo-da olib tashlanganini aytishgan.

BBCning bu haqdagi maxsus lavhasidan so‘ng O‘zbekiston hukumati yana bir marta ayollarning majburiy sterilizatsiya qilinishini rad etib chiqqan edi.

Yashirin amaliyot

Taniqli jurnalist va faol Malohat Eshonqulova yashirin sterilizatsiya amaliyotini o‘z boshidan o‘tkazgan ayollardan biri.

2006 yilda Toshkent shahridagi shifoxonalardan birida uchinchi farzandini jarrohlik amaliyoti vositasida tuqqan Malohat Eshonqulovaga shifokorlar bachadon naychasini bog‘lab qo‘yishga "majbur bo‘lganliklari"ni aytishgan.

Shifokorlar yashirin bichish amaliyoti qurboni bo‘lgan onadan rozilik haqidagi tilxatni imzolab berishni ham so‘rashadi.

Malohat Eshonqulova, o‘zining aytishicha, bu kabi tilxatni yozib berishdan bosh tortgan.

U shifoxonada ekan, xuddi shu zaylda bichilgan Toshkentlik onani uchratgan.

Jurnalist keyinroq o‘z faoliyati davomida ixtiyoriy ravishda sterilizatsiya qilingan samarqandlik ayol bilan suhbatlashganini ham aytadi.

Malohat Eshonqulova favqulodda holatda ko‘zi yorigan, ammo o‘zining bachadon naychalarini tugib qo‘yishga zarurat bo‘lganini savol ostiga oladi.

Uning aytishicha, O‘zbekistonda bu kabi tajriba shu kecha-kunduzda ham davom etayotgani belgilari bor.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.