BBC navigation

Chegarachi Chelaxning umrbod qamoq jazosi o‘zgarishsiz qoldirildi

Сўнгги янгиланиш 7 феврал 2013 - 11:25 GMT

Vladislav Chelax ishi bo‘yicha qator savollar ochiq qolgan.

Qozog‘istondagi appelyatsiya mahkmasi 2012 yil may oyida Qozog‘iston bilan Xitoy chegarasida 15 inson o‘limida aybdor deb topilib bir umrga ozodlikdan mahrum etilgan chegarachi Vladislav Chelax hukmini o‘zgartirishsiz qoldirgan.

Umrbod qamoq jazosi 2012 yil 11 dekabrida e‘lon qilingan edi.

Bu hukm ustidan shikoyat arizasini Olma Ota shahridagi Qozog‘iston harbiy mahkamasining jinoiy ishlar bo‘yicha hay‘ati ko‘rib chiqqan.

"Chelaxni hukm etish qarori o‘zgartirilmaydi. Shikoyat arizasi qondirilmasligi lozim", deya apellyatsiya mahkamasi hay‘atining qarorini e‘lon qilgan hakam Baxitjan Karamanov, deb xabar qiladi "Interfaks-Kazaxstan" axborot agentligi.

Apellyatsiya mahkamasida Vladislav Chelaxning advokati Serik Sarsenov ishtirok etmagan.

O‘tgan yili may oyining oxirgi kunida Qozog‘iston bilan Xitoy o‘rtasida vaqtincha, yilning issiq mavsumida tashkil etiladigan muvaqqat chegara postida 14 inson jasadi topilgan.

Ular "Arkankergen" chegara postida bo‘lgan chegarachilar bo‘lgani, ular va shu yaqindagi o‘rmonchi o‘ldirilib keyin bino yoqib yuborilgani xabar qilingan.

Bir necha kundan keyin 19 yoshli chegarachi Vladislav Chelax qo‘lga olingan edi.

Qozoq rasmiylari qo‘lga olingan yagona tirik qolgan askar Vladislav Chelaxning xizmatdoshlarini o‘ldirganini tan olganini aytganlar.

Dastlab xizmatdoshlari va o‘rmonchining o‘limini bo‘yniga olgan Chelax keyingi ko‘rsatmalarida o‘z aytganlarini inkor qilgan.

Ko‘rsatmalarni jismoniy va ruhiy bosimlar ostida berganini aytgan.

Askarning yaqinlari va advokati ham bu iqrorliklarni qiynoq va bosimlar ostida olinganini aytib kelishgan.

Mahkama paytida Vladislav Chelax o‘z joniga qasd qilishga ham uringan edi.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.