BBC navigation

O‘zbekiston: yangi tartib valyutalarning qora bozoriga chek qo‘ya oladimi?

Сўнгги янгиланиш 7 феврал 2013 - 14:02 GMT

Ўзбекистон: янги тартиб валюталарнинг қора бозорига чек қўя оладими?

Ўзбекистондан келаётган хабарларга кўра, ноқонуний валюта савдоси билан шуғулланувчиларни оммавий ҳибсга олиш бошланган.

Тинглашmp3

Муқобил медиа плейерда ўйналсинми

O‘zbekistondan kelayotgan xabarlarga ko‘ra, noqonuniy valyuta savdosi bilan shug‘ullanuvchilarni ommaviy hibsga olish boshlangan.

Toshkent shahar prokuraturasi "Ipoteka Bank"ning 10 ga yaqin yuqori martabali xodimlarini hibsga olgan.

Ular so‘nggi ikki yil mobaynida o‘n millionlab dollar mablag‘larni noqonuniy ravishda sotganlikda gumon qilinmoqda.

Prokuraturaning ishonishicha, guruhning har bir a‘zosi shu yo‘l bilan ikki yilda 850 ming dollardan pul ishlagan.

Ayni paytda poytaxtning asosan dollar bilan savdo qiluvchi yirik ulgurji savdo markazi - "Abu Saxiy" bozorida ham muammolar boshlangani aytilmoqda.

O‘zbekiston Markaziy Banki 1 fevraldan aholiga xorijiy valyuta sotishni taqiqlagan.

Hukumat shu yo‘l bilan so‘m qadrsizlanishining oldini olishga harakat qilayotgani aytiladi.

Ammo Toshkentdan tahlilchi Suhrob Ismoilovga ko‘ra, hukumat milliy valyutaning erkin konvertatsiyasini joriy etmas ekan, qora bozor saqlanib qolaveradi.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.