BBC navigation

Pokiston: O‘IH va Tolibon mahbuslarni ozod etish bo‘yicha maxsus bo‘linma tashkil etdi

Сўнгги янгиланиш 8 феврал 2013 - 13:13 GMT

Bannu qamoqxonasiga uyushtirilgan hujumda 400ga yaqin mahkum ozod etilgandi

Pokistonda nashr etiluvchi The News web sahifasi xabariga ko‘ra, Pokistondagi Tolibon va O‘zbekiston Islomiy Harakati (O‘IH) "Ansor al-Asir" nomli maxsus bo‘linmani tashkil etgan.

Bo‘linma zimmasiga Pokistondagi qamoqxonalarga hujum qilib, isyonchilarni ozod etish vazifasi yuklatiladi.

The News xabarida aytilishicha, "Ansor al-Asir" bo‘linmasi rahbari etib Pokiston sobiq prezidenti Parvez Musharraf hayotiga suiqasd uyushtirish rejasini ishlab chiqqan shaxs

- Adnan Rashid tayinlangan.

Adnanning o‘zi 2012 yil aprelida Bannu shahridagi qamoqxonaga uyushtirilgan qurolli hujum ortidan ozod etilgandi.

Ikki yuzga yaqin Tolibon va O‘IH jangchilari ishtirok etgan mazkur hujumda, hammasi bo‘lib, 384 nafar mahkum qamoqxonadan qochirilgan edi.

Oradan besh kun o‘tib Tolibon so‘zchisi amaliyotning asl maqsadi Adnan Rashidni ozod etish bo‘lganini aytgan.

1997 yilda Pokiston Havo Kuchlari safiga olingan Adnan Rashid 2003 yil dekabrida sobiq prezident Parvez Musharraf joniga uyushtirilgan suiqasdga aloqadorlikda ayblanib hibsga olingan va keyinchalik harbiy tribunal tomonidan o‘lim jazosiga hukm etilgan edi.

Adnan Rashidni "Ansor al-Asir" rahbari etib tayinlangani haqidagi xabar jamoatchilikka tarqatilgan video payg‘om orqali oshkor etilgan.

Jundulloh Studiyasi tasvirga olgan videoda Adnan Rashid bilan birga Vaziriston mintaqasida faol bo‘lgan O‘IHning qo‘mondonlaridan biri, asli olmoniyalik turklardan Yasin Chuka va O‘IHning boshqa bir a‘zosi "Abdul Hakim" ismli Rossiya fuqarosi namoyish etiladi.

Kamera o‘ngida turib gapirgan Adnan Rashid avvaliga uni ozod etgan Tolibon harakatiga minnatdorchilik bildirgan va "Ansar al-Asir" bo‘linmasi tuzilganini e‘lon qilgan.

Pokiston qamoqxonalaridagi mahkumlarga qarata gapirgan Adnan Rashid jumladan shunday deydi: "Ansorning ilk va asosiy maqsadi, nima qilib bo‘lmasin, sizlarni ozod etish bo‘ladi."

Pokistondagi Tolibon va O‘zbekiston Islomiy Harakati anchadan buyon Pokiston xavfsizlik kuchlariga qarshi qo‘shma hujumlarni sodir etib kelishadi.

O‘tgan yil dekabrida Peshovardagi harbiy havo bazasiga uyushtirilgan hujum ana shunday qo‘shma amaliyotlarning so‘nggisi hisoblanadi.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.