BBC navigation

Afg‘onistonda Fashion Show - sahnada modellar

Сўнгги янгиланиш 11 феврал 2013 - 16:13 GMT
  • Yil sayin burqani afzal bilayotgan xotin-qizlar soni ortib borayotgan va jamiyati hanuz o‘ta an‘anador bo‘lgan Afg‘onistonda noyob voqe‘lik sanaluvchi modalar shousi poytaxt Kobuldagi restoranlarning birida uyushtirilgan.
  • Modalar shousi kichikkina miqyosda o‘tgan bo‘lsa ham, hanuz Tolibon faol va urushlar girdobida bo‘lgan Afg‘oniston uchun katta hodisa sanaladi.
  • Afg‘on modellari restoranga yig‘ilgan erkagu ayol tomoshabinlar qarshisida mahalliy dizaynerlarning liboslarini namoyish etishgan.
  • Liboslar ko‘rgazmasi ishtirokchilarining aytishlaricha, "Yosh xotin-qizlar o‘zgarishlar uchun" tashkilotini qo‘llash maqsadida o‘z xohishlari bilan modellik qilishga rozi bo‘lishgan.
  • Juma kungi modalar shousi esa, Afg‘onistondagi "Yosh xotin-qizlar o‘zgarishlar uchun" mustaqil tashkiloti tomonidan uyushtirilgan.
  • "Associated Press" axborot agentligi xabarlariga qaralsa, oralarida uch erkagi ham bo‘lgan o‘ndan ortiq modellar 33 rusumdagi liboslar - an‘anavyilari bilan bir qatorda yengi kalta ko‘ylaklar, jinsi va tunikalarni ham namoyish etishgan.
  • Sanoqli bo‘lsa-da, bundan avval ham Afg‘onistonda modalar shousi uyushtirilgan. Ammo ular ko‘proq xorij auditoriyasiga mo‘ljallangan bo‘lgan.
  • "Bu - mukammal va professional darajada uyushtirilgan shou bo‘lmasligi mumkin. Ammo hali boshlanishi", deydi 26 yoshli dizayner Salma Gul.
  • Tashkilotchilarga ko‘ra, Afg‘onistondagi portlashlar va xudkushlik hujumlariga qaramay, bu kabi shouni uyushtirishdan ikki maqsadni ko‘zlashgan:
  • Biri - o‘z tashkilotlari faoliyati uchun biroz pul ishlab olish bo‘lsa, ikkinchisi - asta-sekinlik bilan afg‘on xotin-qizlariga nisbatan jamiyatdagi munosabatni o‘zgartirish.
  • "Yosh xotin-qizlar o‘zgarishlar uchun" tashkiloti voiziga ko‘ra, asosan o‘z a‘zolari va do‘stlariga sotilgan chiptalar orqasidan 1.000 dollardan ko‘proq foyda ko‘rishgan.

Videos and Photos

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.