BBC navigation

O‘zbek muhojiri himoyasiga chiqib ishidan ajralgan Edika Lyalinaga savol bering

Сўнгги янгиланиш 11 феврал 2013 - 17:25 GMT

BBC mehmoni - moskvalik jurnalist Edika Lyalina.

U o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Bahrom Xurramovni himoya qilish maqsadida kampaniya boshlaganidan keyin "Petrovka, 38" telekanalidagi ishidan ajralgan.

Shu yil yanvar oyining boshida o‘zbekistonlik ko‘cha tozalovchi Bahrom Xurramov 12 yoshli bolaning jag‘ini sindirgani uchun hibsga olingani haqidagi xabarlar tarqaldi.

Shundan so‘ng hodisa ro‘y bergan maktab yaqinida istiqomat qiladigan moskvaliklar Bahrom Xurramov himoyasiga otlandilar.

Bu kampaniya tashkilotchisi Edika Lyalina bo‘ldi.

Bahrom Xurramov himoyasiga chiqqanlar jag‘i singan 12 yoshli bola qorni atayin ko‘cha tozalovchiga otmaganini, balki bu bola bundan oldin ham muntazam o‘zbekistonlikni tahqirlab kelganini yozib murojaat qilganlar.

Edika Lyalinani 11-yanvar kuni rahbarlari chaqirishgan va uning axloqsiz suratlarini olishganini aytishgan, shuning uchun o‘z ixtiyoriga binoan ariza yozishni talab qilganlar.

Edika giyohvand moddalar iste‘mol qilinayotgan, spirtli ichimliklar bilan tushgan fotosuratlarini hech qachon hech kimdan yashirmaganini aytgan, bu suratlar uning Facebookdagi sahifasiga ancha oldin joylashtirilgan.

"Bu suratlar men "Petrovka, 38"ga ishga joylashishimdan ancha oldin professional fotosuratchi tomonidan narkotiklarga qarshi aktsiya uchun tassirga olingan. Mening o‘zim hech qachon giyohvand moddalar qabul qilmaganman va spirtli ichimlik ichmayman", deydi Edika Lyalina.

бу ерга босинг Bahrom Xurramovning ozodlikka chiqarilishini Edika Lyalina o‘zlarining g‘alabasi deb ataydi.

Edika Lyalina Bahrom Xurramov himoyasi kampaniyasining asoschisi bo‘ldi.

BBC mehmoni Edika Lyalinaga savollaringizni sahifamizning quyi qismidagi maxsus forma orqali yoki uzbek@bbc.co.uk elektron manzilimizga yo‘llang.

BBC mehmoni savollaringizga ham internet va ham radio orqali javob beradi.

Suhbatning radio versiyasini shanba kungi "Daraklar" dasturida tinglay olasiz.

Savollarini radio uchun o‘z ovozlari bilan berishni istagan tinglovchilarimizdan o‘zlarining telefon raqamlarini ham yozib yuborishni so‘raymiz.

Ruknimizning keyingi mehmonlari kimlar bo‘lishini istaysiz?

Bu haqdagi fikrlaringizni kutib qolamiz.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.