BBC navigation

Qirg‘iziston: Sobiq prezident 24 yilga hukm etildi

Сўнгги янгиланиш 12 феврал 2013 - 13:59 GMT

Qurmanbek Bakiyev hozir Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko qo‘l ostida boshpana topgan

Qirg‘iziston mahkamasi sobiq Prezident Qurmanbek Bakiyev va davlat xavfsizlik xizmatini boshqargan birodari Janish Bakiyevni qudratda payti bir necha qotillikka qo‘l urishda aybdor, deb topgan.

Bir necha qotillik qatoriga odam o‘g‘irlash, qiynoqqa tutish va hatto jasadni tahqirlash kabi ayblovlar ham bor.

Qurmanbek Bakiyev 24 yillik qamoq jazosiga, uning ukasi Janish Bakiyev esa sirtdan bir umrga hukm etildilar.

Qirg‘izistonda ularning mol-mulki musodara etiladi.

Ikkovlon ham Belarusga qochib o‘tib, hozir o‘sha yerda boshpana topganlar. Minsk hozirgacha Bishkekdagi yangi hukumatning aka-ukalarni esktraditsiya etish talablarini qondirgani yo‘q.

Qurmanbek Bakiyev uch yil avvalgi qonli g‘alayonda qudratdan ketkazilgan edi. Ayni isyon ortidan esa mamlakat janubidagi eng yirik o‘zbek jamoasi hujumga tutilgan.

Sobiq prezidentning o‘g‘li Maksim Bakiyevni ham Qirg‘iziston, ham AQSh aniq aytilmayotgan iqtisodiy jinoyatlarda ayblashadi.

Maksim Bakiyev o‘tgan kuzda AQSh talabi bilan Britaniyada hibsga olingan va garov ostida qo‘yib yuborilgandi.

Kelayotgan may oyida uning ishi Londondagi mahkamada ko‘rib chiqiladi.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.