BBC navigation

Qaysi davlat tanqid uchun jazolaydi?

Сўнгги янгиланиш 12 феврал 2013 - 12:33 GMT

Urush payti ham, tinchlik payti ham jurnalistlar haq so‘zni aytgani ko‘plab taraflarning nishoniga aylanishadi

Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi yangi hisoboti jurnalistlarga qarshi hujumlar va ta‘qiblar kuchaygan o‘nta davlat ruyxatini e‘lon qilmoqchi. Ayni ruyxat, ushbu davlatlarda matbuot erkinligiga qanchalik zarar yetkazilgani haqida ham ogohlantiradi.

Hozir bu ro‘yxatga aynan qaysi davlatlar kiritilgani to‘la ma‘lum emas, biroq jurnalistlar eng ko‘p qurbon bo‘layotgan, qamoqqa tashlanayotgan va yo ta‘qib etilayotgan mamlakatlar bo‘lishi kutiladi.

Deylik, joriy yil boshida Pokiston, Suriya va Somalida jami olti nafar jurnalist o‘ldirilgan.

Dunyo bo‘ylab hamon 232 nafar jurnalist hibsda qolmoqda. Jurnalistlarni qamoqqa tashlash bobida jahonda Turkiya, Eron va Xitoy yetakchilik qilishmoqda.

Turkiyada 49 jurnalist, Eronda esa 45 nafar jurnalist hibsda qolmoqda.

Sobiq Ittifoq davlatlari ichidan Ozarbayjonda 9 jurnalist qamoqda qolayotir.

Qirg‘izistonda esa O‘sh va Jalolobod xunrezligi ortidan hibsga olingan o‘zbek millatiga mansub Azimjon Asqarov bir umrlik qamoq jazosini o‘tamoqda.

Tashkilot Qozog‘istondagi "Respublika" nashri jurnalistini ta‘qib etishni to‘xtating, deb qozoq hukumatiga ham murojaat etadi.

Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasiga ko‘ra, O‘zbekistonda to‘rt jurnalist qamoqda qolishayotir.

To‘rtovlon ham uzoq yillarga hukm etilgan. Ular Muhammad Bekjon, Yusuf Ro‘zimurodov, Solijon Abdurahmonov va Dilmurod Sayid bo‘lib, tashkilot ushbu jurnalistlar kasbiy faoliyati tufayli ushlanib, qiynoqqa solingan, deb ta‘kidlaydi.

Qo‘mita jurnalistik faoliyati bois turli ayblar taqalib, qamoqqa tashlangan bu insonlarni ozod etishga chaqiradi.

Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasining qayd etishicha, qator mamlakatlar terrorga qarshi kurash qonunlarini ro‘kach qilib, jurnalistlarni jazolashmoqda.

Yaqin Sharqdagi hozirgi vaziyatda ko‘plab jurnalistlar hujumga tutilmoqda. G‘arb kuchlari hamon chiqib ketmagan Afg‘onistonda esa jurnalistlarning joniga tahdid qilish hollari ko‘paygan.

Shuningdek, AQShda inson huquqlarini himoya qilish tizimi va so‘z erkinligi zaiflashayotgani ham qayd etiladi.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.