BBC navigation

Shimoliy Koreya atom qurolini sinadi

Сўнгги янгиланиш 12 феврал 2013 - 12:11 GMT

Shimoliy Koreya yer ostida atom bombasi portlatgan

Qozog‘iston seysmologlarining ma‘lum qilishlaricha, Shimoliy Koreyada atom quroli Grinvich vaqti bilan tungi 0257 (Toshkent vaqti bilan ertalab soat 07dan 57 daqiqa o‘tganda) yer ostida sinab ko‘rilgan.

Sinov natijasida 4.9 balli zilzila sodir bo‘lgan.

Muxbirlarga ko‘ra, ushbu kichik yadroviy kallakni uzoqqa uchuvchi raketalarga o‘rnatish mumkin va ayni mamlakat hozir xuddi ana shunday imkoniyat ostonasida turibdi.

Ammo Pxenyanning ayni amali xalqaro doirada tanqidlarga sabab bo‘lmoqda. BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun ushbu sinov BMT Xavfsizlik Kengashi qarorlarini buzadi, deb aytgan.

AQSh esa mazkur sinovning oqibatlari yaxshi bo‘lmasligidan ogohlantirgan edi. Ayni damda, Shimoliy Koreyaning eng yaqin ittifoqchisi bo‘lmish Xitoy ham ushbu sinovni qoralab chiqdi.

Birozdan keyin Xavfsizlik Kengashi shoshilinch uchrashuv o‘tkazib, ayni masalani muhokama qiladi.

Allaqachon Britaniya, Frantsiya, Janubiy Koreya hamda Yaponiya bu borada o‘z xavotir va noroziliklarini izhor etishgan.

Bir oy oldin Shimoliy Koreya uzoqqa mo‘ljallangan raketalarini sinab ko‘rganida ushbu mamlakatga qarshi qo‘shimcha jazo choralari kiritilgan edi.

Shimoliy Koreya ilgari 2006 va 2009 yillari ham yadroviy qurollarini sinab ko‘rgan edi.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.