BBC navigation

Ot go‘shti janjali: Ovro‘po Ittifoqida go‘sht DNKlari tekshiriladi

Сўнгги янгиланиш 14 феврал 2013 - 12:01 GMT

Ovro‘po Ittifoqi a‘zo davlatlarga shu yilning 1 martidan boshlab go‘shtlar tarkibida ot go‘shti bor-yo‘qligini aniqlash maqsadida DNK tekshiruvlarini joriy etishga chaqirgan.

Ovro‘po Ittifoqining sog‘likni saqlash komissari Tonio Borg ot go‘shtining tarkibida veterinariyada foydalaniladigan fenilbutazon bor-yo‘qligi ham tekshirilishini ma‘lum qilgan.

Ovro‘poning qator mamlakatlarida yarim fabrikat mahsulotlar tarkibida ot go‘shti aniqlangani munosabati bilan Bryusselda maxsus majlis chaqirilgan.

Bu majlisda Britaniya, Frantsiya va ot go‘shti topilgan Ovro‘poning boshqa a‘zo mamlakatlari vazirlari ishtirok etganlar.

Ovro‘po Ittifoqining sog‘likni saqlash komissari Tonio Borg aytishicha, go‘shtlar DNKlari uch oy mobaynida tekshiriladi.

Majlisda Ovro‘poning 16 mamlakatida ustidagi yorlig‘ida mol go‘shti deb yozilgan ot go‘shti aniqlangani aytilgan.

Irlandiyaning Qishloq xo‘jaligi vaziri Saymon Koveney bu janjal jinoiy qalloblik natijasi ekanini aytgan.

"Oziq-ovqat ta‘minoti tarmog‘idagi kimdir ot go‘shtini mol go‘shti deb sotgan va bu qalloblik yo‘li bilan foyda ko‘rgan", deb aytgan Irlandiya vaziri.

Ovro‘po Ittifoqi vazirlari uchrashuvidan oldin barcha go‘shtlar DNKlarini tekshiruvdan o‘tkazishga qaror qilgan Britaniya Bryusseldagi qarorni olqishlagan.

Olmoniya rasmiylariga ko‘ra, seshanba kuni Lyuksemburgdan jo‘natilgan qiymali yupqa tarkibida ot go‘shti topilgan.

Xuddi avval bo‘lganidek, qiymali yupqani yuborgan shirkat xomashyoni Frantsiyadan olganini aytmoqda, biror bir noqonuniy amalga qo‘l urmaganini urg‘ulamoqda.

Frantsiya shirkati esa Qibris va Hollandiyadagi savdo shirkatlaridan mahsulot olganini aytgan.

Qibris va Hollandiyaga yetaklagan ipning uchi esa Ruminiyaga yetib borayapti.

Ruminiya esa ot go‘shti qo‘shilgan go‘shtlarga mol go‘shti yorlig‘i qo‘yilgani ayblovini rad etmoqda.

"Ruminiyada ot go‘shtini eksport qiladigan zavodlar va shirkatlar bor. Lekin hamma narsa standartlarga mos keladi. Va bunaqa go‘shtning manbai aniq qilib ot go‘shti deb qo‘yiladi", deb aytgan BBC bilan suhbatda Ruminiya Bosh vaziri Viktor Ponta.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.