BBC navigation

Paralimpik yuguruvchi Oskar Pistorius xushtorini otib o‘ldirgan

Сўнгги янгиланиш 14 феврал 2013 - 11:46 GMT

Janubiy Afrikalik ikki oyog‘i protez yuguruvchi Oskar Pistorius Pretoriya shahridagi uyida o‘zining xushtorini otib yaralagan.

Boshidan va tanasining yuqori qismidan jarohatlangan ayol hodisa joyida hayotdan ko‘z yumgan.

Xabarlarga ko‘ra, nogiron sportchi sevgilisini uyiga bostirib kirmoqchi bo‘layotgan talonchi deb qabul qilgan bo‘lishi mumkin.

Hodisa ertalabki soat 4 bilan 5 o‘rtasida ro‘y bergan.

Politsiya 9 millimetrli to‘pponchani musodara qilgan.

Pretoriya politsiyasi hodisadan so‘ng Oskar Pistoriusni hibsga olgan.

Politsiya uning ismi-sharifini e‘lon qilmagan, biroq 26 yoshli erkak odam o‘lgani munosabati bilan qamoqqa olinganini ma‘lum qilgan.

Nogiron sportchining xushtori 30 yoshli Riva Stinkamp deyilmoqda.

Janubiy Afrika jinoyatchilik ko‘rsatkichlari eng yuqori mamlakatlardan biri hisoblanadi.

Bundan oldingi suhbatlarida Pistorius kechqurun to‘pponcha bilan uxlashini aytgan.

Ayrim xabarlarga ko‘ra, Riva Stinkamp Twitterdagi sahifasida "Sevishganlar kuni"da Oskarga kutilmagan sovg‘a qilmoqchi bo‘lgani haqida yozgan.

"Lezviye uchida yuguruvchi"

Oskar Pistorius olimpiada o‘yinlarida qatnashgan ilk ikki oyog‘idan ham ajralgan sportchi bo‘lgan.

BBC muxbiriga ko‘ra, ushbu yangilik Janubiy afrikaliklarni larzaga solganlar.

Chunki Oskar Pistorius o‘zining olimpiada muvaffaqiyatlari bilan Janubiy Afrika milliy qahramonlaridan biridek ko‘riladi.

Oskar Pistorius tug‘ilganida ikki oyog‘ining tizzasidan pastki qismida suyaklarisiz tug‘ilgan.

Keyin oyog‘ining tizzasidan pastki qismi amputatsiya qilingan.

U sog‘lom sportchilar bilan bir safda yugurish huquqini qo‘lga kiritish uchun "mahkama kurashi"ni boshidan o‘tkazishiga to‘g‘ri kelgan.

U 2008 yilda Atletikachilar Federatsiyalarining Xalqaro Assotsiatsiyasiga qarshi mahkama ishini yutib chiqqan.

Assotsiatsiyaga ko‘ra, Pistorius oyog‘idagi karbon protezlar unga boshqalarga qaraganda tezroq yugurish imkonini beradi.

Protezlari uchun unga "lezviye uchida chopadigan yuguruvchi" degan nom berishgan.

Oskar Pistorius birinchi marta 2011 yilda sog‘lom sportchilar bilan birga yugurib kumush medalni qo‘lga kiritgan.

U 2012 yilgi London Olimpidasida 400 metr masofaga yugurishda yarim finalga chiqqan.

Paralimpiada o‘yinlarida ikki oltin va kumush medallarini qo‘lga kiritib, bu turdagi musobaqalarda rekord o‘rnatgan.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.