BBC navigation

Rossiyadagi o‘zbek muhojiri o‘zining onalik huquqidan xavotirda

Сўнгги янгиланиш 14 феврал 2013 - 17:09 GMT

Muhojirlarning o‘z haqlari va qonunlarni bilmasliklari ham ularning hayotlarini qiyinlashtiradi.

Peterburgda joylashgan Markaziy Osiyo mehnat muhojirlariga yordam ko‘rsatish fondiga O‘zbekiston fuqarosi Dilorom Xaydarova o‘zining onalik huquqlaridan mahrum qilinishi xavfi borasida murojaat qilgan.

Uning voyaga yetmagan uch farzandi hozirda bolalar uyiga joylashtirilgan bo‘lib, rasmiylar ularni O‘zbekistonga yuborishlari mumkin.

Rossiyada Markaziy Osiyolik muhojirlarining tashlandiq bolalari ko‘payayotgani borasida Rossiya mulozimlari anchadan beri gapirib kelishmoqda.

Umuman, mehnat muhojirlari ish ilinjida Rossiyaga ketayotganlarida, Rossiya qonunlaridan bexabar bo‘lganlari bois og‘ir ahvolga tushishadi.

Dilorom Xaydarovaning farzandlari taqdiri nima bo‘ladi, umuman bu o‘zbek ayoli bilan nima voqea sodir bo‘lgan, deya Peterburgdagi tashkilot xodimlaridan biri, huqushunosga murojaat qildik.

Uning aytishicha, Dilorom Haydarova yotoqxonada yashashi mobaynida qo‘shnisi bilan o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqib, kimdir militsiyaga bu haqda xabar bergan.

Militsiya xodimlari Dilorom Haydarovani bo‘limga olib borib hujjatlarini tekshirishgan, biroq u yerda ikki kun ushlab o‘tirishgan. Natijada qarovsiz qolgan farzandlari "bolalar uyi"ga joylashtirilgan.

"Dilorom opa militsiya bo‘limidan chiqib, bolalar uyiga borganida, bolalarni nazorat qiladigan tashkilot xodimlari "yashash sharoitingiz belgilangan talablarga javob bermagani uchun biz o‘zimiz qaraymiz. Qachon sharoitingiz bo‘lganda kelib bolalaringizni olib ketishingiz mumkin, deyishgan. Dilorom opa yolg‘iz ona hisoblanadi, ikki oy mobaynida moddiy sharoiti to‘g‘ri kelmaganligi uchun bunday sharoitli uy topolmagan",- deydi Markaziy Osiyo muhojirlariga yordam ko‘rsatish fondi huquqshunosi.

Dilorom Haydarova o‘zining onalik huquqi bekor qilinishidan xavotiri qanchalik asosli? U farzandlarini bolalar uyidan qaytarib ololadimi, degan savol tug‘iladi shu o‘rinda.

Huquqshunosning aytishicha, bolalarning davlat nazoratida qolish muddati ota-onasining roziligi bilan har olti oyda muddatlari uzaytirilishi mumkin. Lekin Dilorom Haydarovaning onalik huquqi saqlab qolinadi, uni onalik huquqidan mahrum qilishga yetarli asoslar topilmagan.

Shu boisdan ayni vaqtda yagona chora bolalarni ota-onaning o‘zida qoldirish, yetarli sharoitlar yaratib berish va O‘zbekistonga jo‘natish choralari ko‘rilmoqda ekan. Kelishuvga binoan tegishli idora xodimlari kelib bolalarni O‘zbekistonga olib ketishadi. U yerda bolalar Dilorom Haydarovaning opasi qaramog‘iga topshiriladi. Mehnat muhojirining o‘zi ham bir oy ichida davlatning bergan yordami bilan O‘zbekistonga chiqib ketishi aytilmoqda.

"Rossiyaga kelayotgan muhojirlar ko‘p hollarda oilasi, bolalarini ham olib kelishga majbur bo‘ladi. Shunda ularning ba‘zilari insonga xos sharoitlarda, ba‘zilari umuman qiyin sharoitlarda, yerto‘lalarda kun kechiryapti. Ularga qo‘ldan kelgancha ko‘mak berilyapti. "Deti Peterburga" degan ko‘ngilli loyiha boshlangan. Bolalarga rus tilini o‘rgatish, dunyoqarashini kengaytirish masalasida. Rossiyaga kelayotgan mehnat muhojirlarining hammasi ham o‘z haq-huquqlari, mahalliy vonun-qoidalarni bilmagani sababli shunday qiyin sharoitlarga tushib qolyapti. Ko‘p odamlar bu yerda o‘zlarini nima kutayotganini bilmagan holda kelib, mushkul ahvolga tushib qolishmoqda",- deydi Peterburgdagi muhojirlarga yordam ko‘rsatish tashkiloti xodimi.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.