BBC navigation

Sportchi Pistoriusga qotillik qilganlik ayblovi qo‘yildi

Сўнгги янгиланиш 15 феврал 2013 - 15:48 GMT

Qotillik ayblovi e‘lon qilingach, Pistorius baland ovozda yig‘lab yuborgan.

Pretoriya mahkamasi olti marta paraolimpiada chempioni Oskar Pistoriusga o‘zining xushtorini o‘ldirganlik ayblovini qo‘ygan.

Ayblanuvchining garov evaziga ozod qilinishi keyingi haftada ko‘rib chiqilishi bildirilgan.

Mahkamani kuzatgan BBC muxbiriga ko‘ra, Pistorius ayblov e‘lon qilingan payt baland ovoz bilan yig‘lab yuborgan va boshini changallab qolgan.

29 yoshli model Riva Stinkamp 14 fevral kechasi janubiy afrikalik sportchining uyida otib o‘ldirilgan edi.

Mahkama Pistoriusni garov evaziga ozod qilib turishi haqida qaror berganiga qadar u politsiya bo‘limida qoladi.

Shu bilan birga hakam himoya tomonining bu masalani seshanba kunga qadar qoldirish so‘rovini qanoatlantirgan.

Biroq prokuror Pistoriusga "qasddan odam o‘ldirish" ayblovini qo‘yib, hibsda saqlashni talab qilmoqda.

Pistorius politsiya mashinasidan yuzini kurtkasi va bloknoti bilan yopgan holda jurnalistlarning kameralari ta‘qibi ostida tushgan.

Jurnalistlarga mahkamadagi jarayonni qisman suratga olishga ruxsat berilgan.

26-letniy Pistoriusning himoyachisi o‘zining mijozi kuchli ruhiy hayajon ostida ekanligini aytgan.

Himoya tomoni sportchining xavfli jinoyatchi emasligini aytib, garov evaziga ozod qilib turishni so‘ramoqda.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.