BBC navigation

Meteor yomg‘iri Rossiyada yuzlab odamlarni jarohatladi

Сўнгги янгиланиш 15 феврал 2013 - 15:33 GMT

Rossiyaning bir qancha shaharlarida osmonida meteorit portlashi ko‘ringan.

Kosmik qoldiqning tushishi havoda bir necha portlashlar bilan davom etgani bois ko‘p binolarning oynalari sinib ketgan.

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma‘lumotlariga ko‘ra, bu hodisa kuzatilgan Chelyabinsk viloyatida 500 dan ortiq kishi meditsina yordami so‘rab murojaat qilgan.

Yaralanganlarning aksariyati oyna siniqlaridan jarohat olishgan. 112 kishi shifoxonaga yotqizilgan. Ularning orasida 80 dan ortiq bolalar borligi aytilmoqda.

Yuzlab uylarning oynalari sinib ketgan. Shuningdek Chelyabinskdagi zavodining devor va tomi qisman vayron bo‘lgan.

Fazoviy qoldiqlardan biri Sverdlovsk, Tyumen, Kurgan va Qozog‘iston chegarasiga yaqin Chabarkul ko‘liga qulab tushgan.

"Olovli shar" Rossiyaning Ural va G‘arbiy Sibir hududidagi qator shaharlarda kuzatilgan. Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi bu meteoritning yirik bo‘lagi ekanini ma‘lum qilgan.

Qozog‘istonning Kustanay viloyat aholisi ham ertalabki 9 da olovli sharni ko‘rishgan.

Chelyabinskliklar meteoritning portlashi natijasida yerning silkingani va avtomashinalar signallari ishlab ketgani haqida guvohlik berishgan. Dastlab odamlar portlash ovozidan qandaydir o‘quv mashqlari bo‘lyapti deb o‘ylashgan.

"Biz tashqarida kuchli shu‘lani sezib ko‘chaga chiqdik va kuchli portlash ovozini eshitdik", deb aytgan chelyabinsklik kishi Asoshieyted Press agentligiga.

Guvohlar qulab tushayotgan ob‘ekt bo‘laklari Chelyabinskdan 200 km masofa uzoqlikdagi Yekaterinburgda ham ko‘ringanini aytishgan.

Mutaxassislarga ko‘ra, Ural hududi ustida meteoritning parchalanishi bilan atmosferaning quyi qatlamlarida portlash yuz berganini odamlar guvohi bo‘lishgan.

Oldinroq tarqalgan Chelyabinsk markazidan 80 km uzoqlikdagi yerga meteorit bo‘lagi qulab tushgani haqidagi xabarlar tasdiqlanmagan.

Meteorit hodisasi rossiyaliklarning qizg‘in bahslariga sabab bo‘lgan. Mutaxassislarning ta‘kidlashicha, meteoritning tushishi Rossiyaning bu kabi hodisalardan umuman himoyalanmaganini ko‘rsatadi.

Harbiylar hodisadan so‘ng "ular asteroidni kuzatishgani, faqat havoda yonib ketadi" deb hisoblashganini bildirishgan.

Olimlarga ko‘ra, bu mumkin emas. Bu kabi asteroidlarni Rossiya kuzatishga ham, ogohlantirishga ham qodir emas. Buni kuzatadigan asboblar faqat AQSh va Avstraliyada borligi, SSSR tarqagach kuchli teleskoplar , O‘zbekistondagi observatorida qolib ketganini aytishgan.

Astronomiya instituti xodimi Lidiya Rixlovaning aytishicha, astereoidlarni kuzatish juda qiyin. Birinchidan ular faqat Quyosh yoritganda ko‘rinadi. Boshqa tomondan juda kichkina hajmdagi jismlarni Rossiya sharoitida ko‘rishning imkoni yo‘q.

Rossiya Fanlar Akademiyasi hukumat va Roskosmosga asteroidlar va kosmik qoldiqlarning tushishiga qarshi, uni oldini olishga qaratilgan loyihani taqdim etishgan. Biroq loyihaning bahosi juda katta bo‘lib 10 yilda 58 milliard kerak bo‘ladi.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.