BBC navigation

Tojikistonliklar sevgi va e‘tiborni ko‘proq his qilishar ekan

Сўнгги янгиланиш 15 феврал 2013 - 13:20 GMT

Gallup xalqaro tadqiqot markazi o‘tkazgan so‘rovlarga binoan Markaziy Osiy davlatlari aholisi orasida tojikistonliklar romantik tuyg‘ularga ko‘proq moyillik bildirib, sevishganlar kuni eng ko‘p sevgi va e‘tiborda bo‘lishibdi.

Shu tarzda Tojikiston jahon reytingida127- o‘rinni egallab, Qozog‘iston va Qirg‘izistonni ortda qoldiribdi.

O‘zbekistonga esa bu ro‘yxatda eng oxirgi 135 o‘rin berilgan.

Dunyoning 136 mamlakati o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovda Tojikistondan 1847 kishi qatnashgan. "Kecha ko‘proq sevgi-muhabbaini his qildingizmi?" degan savolga 47 foiz tojikistonliklar ijobiy javob qaytargan.

Qozog‘istonda o‘tkazilgan so‘rovlarga binoan 45 foiz kishi kecha o‘zini sevilganini his qila olibdi.

Gallup xalqaro tadqiqot markazi so‘roviga binoan Parij va Rim bu yil sevgi shaharlari maqomidan ajralgan.

Oldingi o‘rinlarni 93 foiz sevishganlar ovozi bilan Filippin, Ruanda 92 foiz bilan ikkinchi, Puerto-Riko uchinchi o‘rinni egallagan.

Bu borada Armaniston, O‘zbekiston va Mongoliya aholisi Valentin kunida sevgi izhorlariga eng kam e‘tibor qaratibdi.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.