BBC navigation

AQSh va Britaniya diplomatlari jizzaxlik huquq faollari bilan uchrashgan

Сўнгги янгиланиш 15 феврал 2013 - 13:30 GMT

Jizzaxlik huquq faollari 15 kundan qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

O‘zbekiston rasmiylari hohishiga qarshi Britaniya elchiligi siyosiy maslahatchisi Lotti Uoller va AQSh elchixonasi siyosiy-iqtisodiy bo‘lim xodimi Erik Kollins Jizzaxlik huquqbon O‘ktam Pardayevning uyiga borishgan.

U yerda elchixona vakillari xonadon safdoshlari bo‘lgan Saida Qurbonova va Nuriso Xolboyevalar bilan ham ko‘rishishgan.

Mehmonlar shuningdek, o‘tgan yili Pardayev va Qurbonovalar bo‘lib o‘tgan mahkama va ularni 15 kunga qamalishlari tafsilotlari bilan qiziqishgan.

Huquq faollari bo‘lib o‘tgan voqealarni va jazoni qanday o‘taganlarini xorij diplomatlariga hikoya qilib berishgan.

O‘ktam Pardayev paxta yig‘im-terimi mavsumi payti qo‘lga olingan. Pardayev va uning hamkasblari bu holni uni paxta mavsumidagi qonunbuzarliklarni kuzatishiga to‘sqinlik qilish uchun qilinganini aytishgan.

Saida Qurbonova O‘zbekiston Konstitutsiyasining 20 yilligi arafasida hibsga olingan. Huquq faoli o‘sha kuni Toshkentda o‘tkazilishi mo‘ljallangan "Birdamlik"harakatining Konstitutsiyaga bag‘ishlangan aktsiyasida qatnashishni rejalashtirgan bo‘lgan.

Elchixona vakillarining Pardayevning uyiga kelayotgani O‘zbekiston xavfsizlik xizmati xodimlariga ma‘lum bo‘lgani bois, uning uyi doimiy nazorat ostiga olib turilgani kuzatilgan.

Noma‘lum odamlar Pardayev bilan uchrashishni so‘rab murojaat qilganlarini xabar qilgan.

Amerika va britaniyalik diplomatlarning Jizzaxga tashriflari va huquq faollari bilan uchrashuvlari kutilmagan bo‘lgan.

Chunki O‘zbekistondagi xorijiy davlat elchixona xodimlari Tashqi Ishlar vazirligini ogohlantirmay Toshkentdan tashqariga chiqishlari unchalik maqsadga muvofiq hisoblanmaydi.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.