BBC navigation

"Abu Saxiy" kargo xizmati nima uchun yopildi?

Сўнгги янгиланиш 18 феврал 2013 - 14:59 GMT

O‘zbekiston Prezidentining ayrim import tovarlarini olib kirishni cheklash haqidagi farmoni ortidan mamlakatga tovar olib kirish bilan shug‘ullanuvchi "Abu Saxiy" kargo xizmati yopib qo‘yildi.

"Abu Saxiy" faoliyat ko‘rsatmayotganligi bois O‘zbekiston ichidagi tujjorlar chetdan tovar olib kelishda qiyin ahvolga tushib qolgan va endigi faoliyatlari nima bo‘lishini bilishmaydi.

2013 yilning 29 yanvar kuni prezident Islom Karimov "Mahalliy maxsulotning raqobatbardoshligini oshishirish va noqonuniy tovarlar olib kirishda kurashni kuchaytirish to‘g‘risida"gi qarori ortidan tujjorlar qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

Qaror asosan 1 apreldan boshlab kuchga kirishi kutilayotgan bo‘lsada O‘zbekistonga sotish uchun tovarlar olib kirish bilan shug‘ullangan "Abu Saxiy" shirkati faoliyati to‘xtatib qo‘yildi.

Toshkentlik "Natalya" (ismi o‘zgartirilgan - BBC) oyoq kiyim savdosi bilan shug‘ullanadi va shaxsiy do‘koni bor.

U shu paytgacha tovarlarni "Abu Saxiy" orqali Pekindan olib kelgan va Toshkentda sotib foyda ko‘rgan. Tovar kelmay qolgani uchun Natalya omboridagi bor mollarni arzon garovga sotib yuborishga majbur.

"Abu Saxiy"ning nima bo‘lishini bilmayman. Shirkatda qandaydir tekshirishlar ketayotgan ekan. Pekindan "Abu Saxiy"dan boshqa qanday firma tovarimni olib kelib berishini bilmayman. Kelajakda nima ish qilishimni o‘ylab boshim qotgan", – deydi Toshkentdagi do‘kondorlardan biri.

O‘zbekistonlik tujjorlar mamlakat ichida ishlab chiqarilgan tovar bilan rastalarni to‘ldirib bo‘lmasligi va ularning sifati bois xaridorlar qochib ketishini aytishadi.

Kuzatuvchilar ushbu qaror to‘liq amalga kiradigan bo‘lsa o‘zbek bozorlarida keskin tanqislik vujudga kelishi mumkinligidan ogohlantirishmoqda.

Tadbirkor va siyosatchi ayni damda O‘zbekistondan chiqib ketgan Nigora Xidoyatova bu kabi qaror bundan 10 yil oldin ham chiqqanini, ammo biroz vaqt o‘tib yana chetdan tovar olib kirila boshlanginini aytadi.

Unga ko‘ra O‘zbekiston ishlab chiqarishi ichki bozorni ta‘minlashga qodir emas. 10 yilning ichida ishlab chiqarish hajmi o‘smagan.

"Agar ishlab chiqarish tayyor bo‘lganida, ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan soliq bazasi qayta ko‘rib chiqilardi. Ammo reallikda biz ishlab chiqarishdan ko‘ra, Xitoydan olib kirish foydaliroq ekanligini ko‘rayapmiz. Albatta soya iqtisod suv kabi chiqish yo‘lini topib olaveradi. Shuning uchun ham asosan Xitoydan mol olib kirishadi. Unga ehtiyot qismlardan tortib, tarkibiy qismlargacha kiradi", - deydi Nigora Xidoyatova.

Tadbirkorga ko‘ra ayni damda hukumat dollarni O‘zbekistonda ushlab turish harakatida importga cheklov kiritmoqchi. Aynan tujjorlar orqali O‘zbekistondan katta midorda dollar chiqadi.

Uning aytishicha, bu kabi amaliyotlarda mollarni O‘zbekistonga deyarli noqonuniy olib kiruvchi "Abu Saxiy" kabi shirkatlarning o‘rni katta.

Savdogar Toshkentda shirkat vakiliga pulni beradi, ular sizga xorijdan istalgan tovarni, xohlagan miqdorda aytilgan joyga yetkazishadi.

Xidoyatova xonim "Abu Saxiy"ning yopilishi va uning o‘rniga shunga o‘xshash boshqa shirkat ochilishi mumkinligini taxmin qiladi.

"Abu Saxiy"ning tashkil topishida Xitoy tomonidan bir xitoylik ta‘sischilardan bo‘lgan. Ayni payda shirkat xisobida uning ko‘plab pullari yig‘ilib qolgan. Shirkatni yopib hisobni pullarni hisobda qoldirishi va o‘rniga boshqa firma ochishi mumin", – deydi Nigora Xidoyatova.

Xidoyatova xonim O‘zbekistonda bukabi holat "Zeromaks" shirkati bilan kuzatilganini aytadi.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.