BBC navigation

BBC jurnalistlari qisqartirishlarga qarshi ish tashlashdi

Сўнгги янгиланиш 18 феврал 2013 - 15:43 GMT

Ish tashlash rejasi Jurnalistlar kasaba uyushmasi tomonidan o‘tgan yilning oxirida qabul qilingan.

BBCning ko‘p jurnalistlari 24 soatlik ish tashlashda ishtirok etishmoqda.

Britaniya jurnalistlar kasaba uyushmasi-Jurnalistlar milliy birlashmasining bildirishicha, ish tashlash korporatsiya rahbariyati bilan kelishuvga erishilmagach e‘lon qilingan.

Jurnalistlar va rahbariyat o‘rtasidagi kelishmovchilik qisqartirishga tushishi kutilayotgan 30 jurnalistni ish bilan ta‘minlash masalasini hal qilinmaganidir.

Dushanba kungi ish tashlash BBCning shu kungi tele va radioeshittirishlari tartibiga ta‘sir ko‘rsatdi.

Jumladan, kundalik Today ertalabki axborot radio eshittirishi bekor qilingan.

Breakfast Show ko‘rsatuvida ham o‘zgarish bo‘lgan, efirni ikki boshlovchi o‘rniga bir kishi olib borgan.

Britaniya korporatsiyasi keyingi besh yil ichida qariiyb 5 ming kishini qisqartirishga tushishini bildirgan.

Rahbariyatga ko‘ra, 2017 yilgacha BBC byudjeti 20 foizgacha qisqartiriladi.

2 apreldan BBCning yangi direktori Toni Xoll ish boshlaydi.

Nafaqat jurnalistlarni, texnik xodimlarni ham o‘zida birlashtirgan boshqa kasaba uyushmasi BECTU yangi direktorga ishdan bo‘shatilganlarning masalasini hal qilishga chaqirgan. Biroq bu savol hozircha o‘zgarishsiz qolmoqda.

Qisqartirishlar xodimlarni nafaqaga jo‘natish, ularni ixtiyoriy tarzda ishdan bo‘shatish youi yangi xodimlarni olmaslik yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Biroq Jurnalistlar uyushmasining bildirishicha, 30 ta xodimning ogohlantirishsiz ishdan bo‘shatilishi qarama-qarshilik vositasiga aylanishi mumkin.

Jurnalistlarga ko‘ra, rahbariyatning bunday yo‘l tutishi tajribali jurnalistlarni yo‘qotish va eshittirish sifatining pasayishiga olib keladi.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.