BBC navigation

World Press Photo 2012 tanlovining eng yaxshi suratlari

Сўнгги янгиланиш 18 феврал 2013 - 13:21 GMT
  • Hollandiyada World Press Photo 2012 tanlovi natijalari e‘lon qilingan. Shvetsiyalik fotojurnalist Pol Xansen G‘azoda tasvirga olgan surat yilning eng yaxshi surati deb topildi. (Suratlar galereyasidagi ayrim suratlar ba‘zi insonlar ko‘nglini xira qilishi mumkin)
  • Italiyalik Fabio Buchiarellining surati tanlovning yangiliklar kategoriyasida ikkinchi o‘ringa munosib topildi. Bu Erkin Suriya Armiyasi jangchisining Halab shahrida olingan surati. (Suratlar galereyasidagi ayrim suratlar ba‘zi insonlar ko‘nglini xira qilishi mumkin)
  • Pol Xansenning dahshatli suratida G‘azo bo‘lgasida 2012 yil 20 noyabrida Isroil havo hujumida halok bo‘lgan go‘daklarning dafn marosimi aks etgan. Jyuri a‘zosi Mayu Moxananing aytishicha, bu suratda "kattalarning begunoh bolalar o‘limidan g‘azab va qayg‘ulari to‘la aks etgan". "Men bu suratni unutmayman", degan hay‘at a‘zosi.
  • 2012 yilgi fototanlovda Suriyadagi inqiroz mavzusidagi qator suratlar yuqori o‘rinlarni egalladi. Turkiyalik fotojurnalist Emin O‘zmen olgan ushbu suratda Erkin Suriya Armiyasi jangchilari qo‘lga olingan mahbusni qiynab so‘roqqa tutayotganlari aks etgan. Emin O‘zmenning aytishicha, qiynoqlar 48 soat davom etgan, charchagan odamlarning o‘rnini boshqalar egallagan. Qo‘lga olinganlar keyinroq qo‘yib yuborilganlar.
  • Suriya armiyasining zambarak hujumida yaralangan uy bekasi Aidaning surati ushbu tanlovda yetti mukofotga loyiq topildi. Bomba uyiga tushishi oqibatida Aidaning eri va ikki farzandi halok bo‘lgan. Surat mallifi argentinalik fotojurnalist Rodrigo Abd.
  • Ushbu suratda Sumatra orolida guruch hosili yig‘ishtirib olinganidan keyin tashkil etiladigan ho‘kizlar poygasi aks etgan. Surat muallifi Malayziyadan Vey Seng Chen.
  • 2012 yilgi fototanlovda 32 mamlakatdan 54 fotoijodkor o‘z asarlari bilan ishtirok etdilar. Ushbu surat muallifi kanadalik Pol Niklen. Antarktikaning Ross dengizida suzayotgan Imperator pingvinlari surati ham tanlovda yuksak baholandi.
  • Daniyalik fotosuratchi Yan Grarupning Somalidagi ayollar basketboli turkumidagi fotosuratlari ham g‘olib topildi. Bu suratda basketbol uyushmasi pul to‘lab o‘zlarini qo‘riqlab turishni so‘ragan qurolli kishi basketbol o‘yinini tomosha qilib turgani aks etgan.
  • Mayka Yelan fotosurati Vьetnamdagi hamjinsboz insonlar muammosi haqida hikoya qiladi. Vьetnamda himjinsbozlik qattiq ta‘qib qilinadi.
  • Keniya poytaxti Nayrobidagi axlatxonada foydali narsalarni yig‘ib, shu yo‘l bilan pul topadigan ayol yomg‘ir yoqqani uchun bir pas tin olishga qaror qildi. Foto muallifi AQShlik Mikax Albert.
  • 71 yoshli Mirella Alьtsgeymer xastaligiga uchragan turmush o‘rtog‘i Luidjini yuvintirmoqda. Mirella eri haqida g‘amxo‘rlikdan hech ham to‘xtamaydi, deydi surat egasi Fausto Podavini.
  • Avstraliyalik fotosuratchi Deniyel Berexulakning rasmlari turkumi "Yaponiya to‘lqindan so‘ng" deb nomlangan. Bu surat 15 mingdan ortiq inson nobud bo‘lgan tsunamining bir yilligiga bag‘ishlangan edi.
  • Fototanlovning tabiat yo‘nalishida Avstraliyada o‘sadigan ko‘k kuandang daraxti mevasini terib yeyayotgan Janubiy Kazuar qushining surati g‘olib topildi. Surat muallifi olmoniyalik Kristian Zigler.

Videos and Photos

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.