BBC navigation

Prezident Karzay NATO havo hujumlarini taqiqlagan

Сўнгги янгиланиш 18 феврал 2013 - 13:38 GMT

Prezident Karzay tinch afg‘onlar o‘limiga olib kelgan NATO havo hujumlaridan g‘azabini bir necha marta izhor etgan.

Prezident Homid Karzay Afg‘oniston xavfsizlik kuchlariga aholi istiqomat qiladigan hududlarda o‘tkazadigan jangovor amaliyotlari chog‘i NATO qo‘shinlaridan havodan madad so‘rashlarini taqiqlagan.

Afg‘onistondagi NATO yetakchiligidagi xalqaro qo‘shinlar qo‘mondoni general Jozef Danford ham Prezident Karzayning ushbu taqiqini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

Mamlakatdagi xorijiy kuchlar uyushtiradigan havo hujumlaridan tinch fuqarolar halok bo‘lgan hodisalar ko‘p marta ro‘y bergan, Prezident Homid Karzay bu hujumlardan o‘z g‘azabini bir necha marta izhor etgan.

Prezident Karzayning so‘nggi qaroriga to‘rt kun oldin yuz bergan hodisa sabab bo‘lgan.

13 fevral tunida NATO uchog‘idan uyushtirilgan havo hujumi oqibatida Ko‘nar viloyatida 10 tinch fuqaro hayotdan ko‘z yumgan.

Ularning aksari bolalar va ayollar bo‘lganlar.

Afg‘oniston Milliy harbiy akademiyasida gapirgan Prezident Homid Karzayning aytishicha, Afg‘on xavfsizlik kuchlari NATO qo‘shinlaridan havodan yordam so‘raganlaridan keyin Ko‘nardagi bolalar va ayollar bo‘lgan joy havo hujumiga tutilgan.

"Men Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari hech qachon xorijiy uchoqlardan yordam so‘ramasliklari maqsadidagi qonunni imzolayman. Xorijiy uchoqlar bizning uylarimiz va bizning qishloqlarimizga qarshi amaliyot o‘tkazmasinlar", deb aytgan Prezident Karzay.

Janob Karzay so‘zlariga ko‘ra, yangi qonun 17 fevral kunidan kuchga kiradi.

Afg‘onistondan xorijiy qo‘shinlarni olib chiqib ketish 2014 yilga mo‘ljallangan.

Xavfsizlik nazorati bosqichma-bosqich Afg‘on xavfsizlik kuchlari ixtiyoriga o‘tkazib kelinmoqda.

BBCning Kobuldagi muxbiri Karen Allen xabar qilishicha, hozirgi paytda mamlakatdagi xavfsizlikn ta‘minlash amaliyotlarining 90 foizini Afg‘on xavfsizlik kuchlari o‘tkazmoqda.

Biroq, BBC muxbiriga ko‘ra, hamon bu amaliyotlarda NATO kuchlarining havodan madadi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lmoqda.

Fevral oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti yangi hisobot e‘lon qildi.

Bu hisobotga ko‘ra, 2010-2011 yillarda NATO havo hujumlari oqibatida tinch fuqarolar halok bo‘lishi hollari yanada ko‘paygan.

Buning sababi havo hujumlari payti NATO tomonidan ehtiyot choralarining ko‘rilmagani va pala-partish kuch ishlatish bo‘lgani aytilgan.

Afg‘onistondagi xorijiy qo‘shinlar vakillari BMT hisobotini butkul asossiz va yolg‘on deb atashdi.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.