BBC navigation

Afg‘on urushining yangi qiyofasi

Сўнгги янгиланиш 20 феврал 2013 - 14:10 GMT

Афғон урушининг янги қиёфаси

БМТ янги ҳисоб-китобларига кўра, Афғонистондаги ҳарбий амалиётлар туфайли нобуд бўлаётган оддий аҳоли вакиллари сони 6 йил асносида илк бор камайгани кузатилган.

Томоша қилишmp4

Муқобил медиа плейерда ўйналсинми

BMT yangi hisob-kitoblariga ko‘ra, Afg‘onistondagi harbiy amaliyotlar tufayli nobud bo‘layotgan oddiy aholi vakillari soni 6 yil asnosida ilk bor kamaygani kuzatilgan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Afg‘onistondagi Ko‘mak missiyasi 2012 yil 2,754 nafar tinch fuqaro nobud bo‘lgani va 4, 805 kishi tan jarohati olganiga oid raqamlarni taqdim etgan.

Tashkilotga ko‘ra, bu hayotdan ko‘z yumganlar soni 12 foiz kamayganini anglatadi.

Ammo, BBC muxbiri Karen Allenning xabar qilishicha, urush ichida yashayotgan afg‘onlar bu yangi raqamlarni tantana bilan kutib olishayotgani yo‘q.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.