BBC navigation

Futbol: "O‘zbekistonda kelishilgan o‘yinlar umuman yo‘q"

Сўнгги янгиланиш 20 феврал 2013 - 13:03 GMT

Футбол: 'Ўзбекистонда келишилган ўйинлар умуман йўқ'

Спорт шарҳловчиси Аброр Имомхўжаевга кўра, айни ҳолат Ўзбекистонда келишилган ўйинлар умуман йўқлигини кўрсатади

Тинглашmp3

Муқобил медиа плейерда ўйналсинми

Xalqaro futbol rasmiylari barcha mamlakatlar va tashkilotlar korruptsiyaga qarshi qattiqroq kurashishlari kerakligini aytishgan.

Osiyo Futbol Federatsiyasining amaldagi rahbari Jang Zilong Malayziyada o‘tgan matbuot anjumanida futbol matchlari natijalarini oldindan soxtalashtirish “pandemiya”ga aylangani va bunga qarshi hech bir tashkilot yakka o‘zi kurasha olmasligini aytdi.

Fifaning xavfsizlik bo‘yicha rahbari Ralf Mushkega ko‘ra, korruptsiyaga qarshi “siyosiy darajada” kurashish kerak.

O‘zbekiston futbolida korruptsiyaning qanchalar ildiz otgani ma‘lum emas, ammo halol o‘yin borasida O‘zbekiston milliy jamoasi bu yil dunyoning eng yaxshi jamoasi deb topildi.

Tsyurixda bo‘lib o‘tgan mukofotlash marosimida FIFAning "Halol o‘yin uchun" mukofoti O‘zbekiston futbol federatsiyasining rahbari Abror Usmonovning shaxsan o‘ziga topshirildi.

Sport sharhlovchisi Abror Imomxo‘jayevga ko‘ra, ayni holat O‘zbekistonda kelishilgan o‘yinlar umuman yo‘qligini ko‘rsatadi.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.