BBC navigation

O‘zbekiston-Amerika munosabatlaridagi yangi davr nimani anglatadi?

Сўнгги янгиланиш 20 феврал 2013 - 15:44 GMT

Ўзбекистон-Америка муносабатларидаги янги давр нимани англатади?

Тошкентга борган АҚШ Конгресс ҳайъати аъзолари Оқ Саройда Президент қабулида бўлишган. Хабар қилинишича, учрашув давомида икки томонлама алоқалар сиёсий, иқтисодий ва бошқа соҳалардаги ҳамкорлик масалалари муҳокама қилинган.

Тинглашmp3

Муқобил медиа плейерда ўйналсинми

Toshkentga borgan AQSh Kongress hay‘ati a‘zolari Oq Saroyda Prezident qabulida bo‘lishgan.

Xabar qilinishicha, uchrashuv davomida ikki tomonlama aloqalar siyosiy, iqtisodiy va boshqa sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilingan.

2005 yil Andijon voqealaridan so‘ng sovuqlashgan AQSh O‘zbekiston munosabatlari so‘nggi paytlar yana iliqlashgani Afg‘oniston urushi va O‘zbekistonning muhim tranzit yo‘li bo‘lib qolayotgani bilan izohlanadi.

Siyosiy tahlilchi Kamoliddin Rabbimov mazkur holatni Amerika-O‘zbekiston munosabatlarida ikkinchi ijobiy palla boshlangani sifatida ta‘riflaydi.

"Birinchi Amerika-O‘zbekiston aloqalari ehtiroslarga boy edi... Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekistonga juda katta investitsiya, qo‘llab-quvvatlov beradi, degan holat mavjud edi. Bugungi munosabatlar mana shu ehtiroslardan mutlaqo holi. O‘zbekiston jiddiy investitsiya kutayotgani yo‘q. Va bu geosiyosiy yaqinlashuvni Rossiyaga qaratilgan yoki boshqalarga qarshi qaratilgan deyishimiz qiyin. Ayni paytda Amerika tomoni ham O‘zbekistondan inson huquqlari va demokratiya sohasida jiddiy islohotlar kutmaydi. Chunki, rasmiy O‘zbekiston bunday islohotlarni qila olmasligini yaxshi biladi", deydi sharhlovchi.

---------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.