BBC navigation

Futbol: Korruptsiyaga qarshi kurash zarur

Сўнгги янгиланиш 20 феврал 2013 - 11:44 GMT

Jang Zilong Malayziyada o‘tgan matbuot anjumanida futbol matchlari natijalarini oldindan soxtalashtirish "pandemiya"ga aylanganini aytgan

Xalqaro futbol rasmiylari barcha mamlakatlar va tashkilotlar korruptsiyaga qarshi qattiqroq kurashishlari kerakligini aytishgan.

Osiyo Futbol Federatsiyasining amaldagi rahbari Jang Zilong Malayziyada o‘tgan matbuot anjumanida futbol matchlari natijalarini oldindan soxtalashtirish "pandemiya"ga aylangani va bunga qarshi hech bir tashkilot yakka o‘zi kurasha olmasligini aytdi.

Fifaning xavfsizlik bo‘yicha rahbari Ralf Mushkega ko‘ra, korruptsiyaga qarshi "siyosiy darajada" kurashish kerak.

Kuala Lumpurdagi ikki kunlik anjuman Interpol va Fifa tomonidan uyushtirilgan.

43 davlatdan kelgan 200dan ortiq vakillar rasmiylar va huquq-tartibot organlari xodimlarini futbol matchlarini soxtalashtirish belgilarini oldindan ilg‘ash va bunga qarshi samarali chora ko‘rishga o‘rgatishni maqsad qilib olgan.

Anjumanni ochar ekan, Xitoylik rasmiy janob Jang "matchlarni soxtalashtirish futbolning ahloqiy qadriyatlariga haqiqiy tahdid ekanini tan olish va sportning sofligini saqlab qolish uchun uni yo‘q qilish vaqti yetgan"ini aytdi.

Uning aytishicha, mazkur muammo o‘ta murakkab va keng tarqalgan bo‘lib, yagona bir tashkilotning unga qarshi kurashishga kuch-qudrati yetmaydi.

U Osiyo qit‘asi matchlarni soxtalashtirishning markaziga aylanganini tan oldi, lekin ayni damda "bu illatdan hech qaysi qit‘a holi emas"ligi va matchlarni soxtalashtirish futbol dunyosida pandemiyaga aylanganini bildirdi.

"Qonunlar zarur"

Joriy osh boshida Ovro‘po politsiyasi Singapurda joylashgan uyushgan jinoiy guruh 2008 va 2011 yillar orasida soxtalashtirilgan yuzlab o‘yinlar ortida bo‘lganini aniqlagan.

Janob Mushkega ko‘ra, bu muammo Fifaning vakolatlaridan ancha kengroq tarqalgan va Fifa aybdor o‘yinchi va hakamlarni futboldan chetlatishi mumkin bo‘lsada, "jinoyatchilar bejazo, ochiqda qolmoqda, va bu nohaqlik".

"Qonunchilikni o‘zgartirish uchun hukumatlar bu ishga aralashishi kerak. Ko‘p mamlakatlarda matchni soxtalashtirishga qarshi qonunlar qabul qilinmagan", - dedi u.

Interpolning ta‘lim bo‘yicha rahbari Deyl Shixanga ko‘ra "futbolni jinoyatchilar qo‘lidan qaytarib olish kerak". Uning aytishicha, jinoyatchilar qo‘lga tushish xavfi bo‘lmagan muhitda millionlab dollar foyda ko‘rishmoqda.

"Sport va odilona o‘yin jamiyatimiz va yoshlarimizning asl qadriyatidir, matchni soxtalashtirish qotillik, hudkushlik, tajovuz va tahdidlar bilan birgalikda ana shu qadriyatga xavf solmoqda", - dedi u.

Anjumandan bir kun avval Xitoy futbol rasmiylari 33 o‘yinchi va rasmiylarni futbolni soxtalashtirishda aybdor deb topib, bir umrga futboldan chetlatgan.

Yana 25 kishi besh yilga futboldan chetlatilgan, 12ta klubga esa jarima solingan.

Janob Jang o‘zidan oldin lavozimni egallagan Muhammad Bin Hamman korruptsiya va poraxo‘rlikda aybdor deb topilib futboldan bir umrga chetlatilishi ortidan, Osiyo Futbol Federatsiyasining vaqtinchalik prezidenti etib tayinlangan.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.