BBC navigation

Qirg‘iziston: Bakiyevlar ekstraditsiyasiga oid yangi murojaat

Сўнгги янгиланиш 20 феврал 2013 - 15:08 GMT

Qanibek Imonaliyevga ko‘ra, Minskning Bakiyevlarni qaytarmaslikka oid mavqei noto‘g‘ri ekanini aytadi

Qirg‘iziston parlamenti Belorus poytaxti Minsk shahrida istiqomat qilayotgan sobiq prezident Qurmonbek Bakiyev va uning ukasi Janibek Bakiyevni ekstraditsiya qilishga oid murojaat bilan chiqqan.

Bu safar qirg‘iz tomoni Minsk Konventsiyasiga a‘zo bo‘lgan MDH davlatlaridan masalaga aralashishni so‘ragan.

Qirg‘iziston hukumatining 2010 yilgi qonli g‘alayonlarda qudratdan ketkazilganidan so‘ng mamlakatni tark etgan Bakiyevlarni mamlakatga qaytarishni so‘rab qilgan murojaatlari javobsiz qolmoqda.

Qirg‘iz parlamentining Xalqaro masalalar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Qanibek Imonaliyevga ko‘ra, Minskning ushbu mavqei noto‘g‘ridir.

"Chunki, Qirg‘iziston hukumati Bakiyevlar davlat jinoyatchilari ekanligini isbotlagan va ular harbiy mahkama tomonidan ozodlikdan mahrum qilingan", deydi Qanibek Imonaliyev.

Yaqinda mahkama sobiq prezident Bakiyev va davlat xavfsizlik qo‘mitasini boshqargan ukasi Janibekni qator qotilliklarda aybdor topgandi.

Bir necha qotillik qatoriga odam o‘g‘irlash, qiynoqqa tutish va hatto jasadni tahqirlash kabi ayblovlar ham bor.

Qurmanbek Bakiyev 24 yillik qamoq jazosiga, uning ukasi Janish Bakiyev esa sirtdan bir umrga hukm etilganlar.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.