BBC navigation

Mehnat muhojiri Bahrom Xurramov Rossiyani tark etgan

Сўнгги янгиланиш 21 феврал 2013 - 15:12 GMT

Rossiya ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, rossiyalik o‘smirni jag‘ini sindirishda ayblangan Bahrom Xurramov O‘zbekistonga qaytgan.

Ayni paytda unga ish bergan kommunal xizmat tashkiloti 4 million 400 ming rubl miqdorida jarimaga tortilgani aytiladi.

Rossiya muhojirlik xizmati xodimlarining bildirishicha, ular o‘tkazgan tekshiruv natijasida 30 ga yaqin xorij fuqarolari, shu jumladan Bahrom Xurramov ham Rossiyada noqonuniy ishlab kelgani aniqlangan.

Bahrom Xurramov 16 fevralda Rossiyadan chiqib ketgan. Oradan 5 kun o‘tgach, Xurramov ishlab kelgan kommunal xizmat boshqarmasiga jarima solingani bildirilgan.

Shu yilning boshida Bahrom Xurramov moskvalik o‘smir bolaga tan jarohati yetkazganlikda ayblab hibsga olgan. Biroq 4 fevralda Moskvadagi Zyuzinskiy mahkamasi jinoiy ishni yopiq deb e‘lon qilgan edi.

O‘tkazilgan tekshiruv-surishtiruv ishlari natijasida Xurramov tayoq otib jarohatlagan o‘smir bolaning o‘zi bezorilikka aloqador bo‘lishi mumkinligi aniqlangan.

Bu voqea jamoatchilik orasida, ijtimoiy tarmoqlarda keng fikr-mulohazalarga sabab bo‘lgan.

Bahrom Xurramovni himoya qilib chiqqan jurnalist ayol mehnat muhojirni yoqlagani uchun o‘z ishidan ham ayrilgan edi.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.