BBC navigation

Mashhur sportchi Oskar Pistorius garov evaziga chiqariladimi?

Сўнгги янгиланиш 22 феврал 2013 - 11:54 GMT

Janubiy Afrika mahkamasi Pistoriusni garov puli evaziga ozodlikka chiqarib turish haqida bugun qaror beradi.

Janob Pistorius o‘zini himoya qilish uchun o‘q uzgani, ma‘shuqasini o‘g‘ri deb o‘ylaganini aytib kelmoqda.

Model Riva Stinkampning o‘limida ayblanayotgan yuguruvchi Pistoriusning himoyachilari politsiya qotillik bo‘yicha chalkash dalillarni bergani uchun prokurorning bu boradagi nuqtai nazarini shubha ostiga qo‘yishini aytishgan.

To‘rt marta paralimpiada chempioni 29 yoshli Stinkampni uyga kirib olgan o‘g‘ri deb o‘ylab otib qo‘yganini uqtiradi.

Qoralov tomoniga ko‘ra, yuguruvchi garov evaziga chiqariladigan bo‘lsa, jazodan qochib qolishi mumkin.

Pistoriusning treneri Empi Lou sportchi o‘zini ozod qilishgach, keyingi haftadan mashqlarni boshlashga umid qilayotganini ma‘lum qilgan.

Shu bilan birga Oskar Pistoriusning ishini tekshirayotgan izquvar Xilton Botaning o‘zi qotillikka urinishda ayblanib, surishtiruv ishlaridan chetlashtirilgan.

Pistoriusning ishini endi general-leytenant Vineshkumar Munu o‘rganadi.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.