BBC navigation

Rossiyada yana bir o‘zbek muhojiri o‘ldirib ketildi

Сўнгги янгиланиш 22 феврал 2013 - 17:30 GMT

Mehnat muhojirlari Rossiyada aksariyat hollarda o‘z muammolari bilan yolg‘iz, himoyasiz qolishmoqda.

Moskvaning Balashixa shahar Abramtsevodagi bozor do‘konlaridan birida 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosining jasadi topilgan.

Marhum bo‘ynida pichoq izlari bo‘lgan, deb xabar beradi Rossiya Surishtiruv qo‘mitasi matbuot xizmati.

Qotillikda gumonlanib 43 yoshli Vetnam fuqarosi qo‘lga olinib, "Qotillik" moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.

Surishtiruv xodimlariga ko‘ra, ikki o‘rtada janjal kelib chiqib qotillik sodir etilgan bo‘lishi mumkin.

Ayni paytda Kamchatkada 50 yoshli yana bir mehnat muhojiri oylik ish haqini talab qilgani uchun ish beruvchi tomonidan kaltaklangani aytilmoqda.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, o‘zbekistonlik "Vostochnaya reka" qurilish tashkilotida ishlab kelgan.

O‘tgan yilning noyabr oyidan boshlab mehnat muhojiri o‘zi va sheriklarining ish haqqini 33 yoshli direktor yordamchisidan talab qilgan.

Biroq qurilish egasi o‘z tanishlari bilan muhojirni omborga olib kirib rosa do‘pposlashgan, natijada uning qovurg‘asi singan. Bu ham yetmaganday zo‘ravonlar o‘zbek muhojirining qo‘l va oyog‘ini bog‘lab, og‘zini skochlab ketishadi.

O‘lasi qilib kaltaklangan mehnat muhojiri yurtdoshlari tomonidan 9 soat o‘tib topilgan.

Bu ish yuzasidan ikki kamchatkalik fuqaro ushlanib, ularga insonni noqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish va guruh bo‘lib tan jarohati yetkazish ayblovlari qo‘yilgan.

Ularning ayblari mahkamada isbotlansa, Rossiya qonunlariga binoan har biriga 5 yildan qamoq jazosi berilishi kerak.

O‘zbekistondan millionlab insonlar mamlakatdagi ishsizlik tufayli Rossiya va boshqa xorij davlatlariga chiqib ishlashga majbur.

Biroq O‘zbek hukumatining o‘z fuqarolari hayotiga befarqligi, sodir etilgan qotilliklar sababi surishtirilmasligi mehnat muhojirlarini o‘z muammolari bilan yolg‘iz qoldiradi.

Sodir etayotgan jinoyatining javobsizligi Rossiyadagi millatchi to‘dalar yoki noqonuniy mehnat muhojirlari ortidan daromad oladiganlarga qo‘l kelmoqda.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.