BBC navigation

Obidxon qoriga suiqasd qilinganining bir yilligiga namoyishlar uyushtirildi

Сўнгги янгиланиш 22 феврал 2013 - 17:22 GMT

Obidxon qoriga o‘z uyi ostonasida suiqasd qilingan edi.

Dunyoning ko‘p mamlakatlarida O‘zbek jamoalari tomonidan taniqli o‘zbek imomi Obidxon qori Nazarovning hayotiga Shvetsiyada suiqasd uyushtirilganining bir yilligi munosabati bilan norozilik namoyishlari o‘tkazildi.

Norozilik namoyishlari Obidxon qori yashab kelgan va unga suiqasd amalga oshirilgan Shvetsiyada ham bo‘lib o‘tgan.

Namoyishchilar poytaxt Stogolm parlamenti oldida to‘planib, Obidxon qorining hayotiga qasd qilmoqchi bo‘lganlar topib jazolanishini talab qilishgan.

Noroziliklarda Obidxon qorining muxlislari, muxolifat a‘zolari va Shvetsiyadagi o‘zbek qochqinlari vakillari qatnashishgan.

22 fevralda AQSh, Turkiya, Avstraliya, Kanada, Daniya, Gollandiya kabi davlatlarda bo‘lgan o‘zbek jamoalari ham norozilik namoyishlarida ishtirok etishadi.

Britaniyada bugun soat tushki 2-3 orasida Shvetsiya elchixonasi oldida namoyish bo‘lib o‘tgan.

Namoyishchilar "Obidxon qoriga suiqasd qilganlar topib jazolansin", "Adolat qaror topsin" kabi shiorlar bilan chiqishgan.

Namoyishda qatnashgan Hikmatilla ismli yigitning aytishicha, yig‘ilgan 10 kishidan ortiq guruh birgalikda haqiqat qaror topishiga yordam berishni so‘rab Shvetsiya elchixonasiga murojaat qilishgan.

Britaniyadagi Shvetsiya elchixonasi xodimlari ular bergan hujjatlarni o‘rganib, tegishli idoralarga yetkazishni aytishgan, biroq mahkamaga ta‘sir o‘tkaza olishga va‘da berishmagan.

Namoyishchilar shunga qaramay butun dunyoda Obidxon qori himoyasiga, unga suiqasd qilganlar jinoyatini ochilishiga qaratilgan bu kabi yig‘ilishlar jarayonga baribir o‘z ta‘sirini o‘tkazishiga ishonishlarini aytishdi.

Obid qori Nazarov o‘tgan yil 22 fevralda Shvetsiyaning Stromsund shaharchasidagi o‘z uyidan masjidga borayotganida noma‘lum kishilar tomonidan otib ketilgan edi.

Shvetsiya politsiyasi o‘zbekistonlik er-xotinni 55 yoshli Obidxon qori Nazarovga suiqasd qilishni uyushtirishda gumonlab qo‘lga olgandi. Biroq bo‘lib o‘tgan mahkama jarayonida bu ayblovga nisbatan yetarli dalillar yo‘qligini aytib, er-xotin ozod qilindi.

Mahkamani bevosita kuzatgan o‘zbek muhojirlari er-xotinning suiqasdga aloqadorligi isbotlangan bo‘lsada, mahkama ularni ozod qilganidan norozilik bildirishgan.

Obidxon qori bir yildan buyon Shvetsiyadagi kasalxonada koma holatida qolmoqda.

Obidxon qori Nazarovga suiqasdda gumon qilingan shaxs haligacha qo‘lga olinmagan.

Bundan oldinroq suiqasdni amalga oshirgan odamning Rossiyada qo‘lga olingani aytilgan, biroq bu xabarlar tasdiqlanmagan.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.