BBC navigation

Isroildagi tutqun falastinliklar o‘lgan mahbus uchun ochlik qilmoqdalar

Сўнгги янгиланиш 25 феврал 2013 - 13:28 GMT

Yakshanba kuni to‘rt mingdan ortiq falastinlik mahkumlar bir kun oldin qamoqxonada jon taslim qilgan mahbusning o‘limiga qarshi ochlik e‘lon qilganlar.

G‘arbiy Sohil va Quddusdagi Isroil xavfsizlik xizmati mahbus Arofat Jaradatning o‘limi tufayli chiqishi mumkin bo‘lgan namoyish oldidan jangovor holga keltirib qo‘yilgan.

Arofat Jaradat o‘tgan hafta 2012 yil noyabrda isroilliklarga tosh otishda gumon qilinib qo‘lga olingan.

Isroilliklarga tosh otish harakatida bir isroillik yaralangan edi.

Isroil rasmiylariga ko‘ra, qo‘lga olingan 34 yoshli kishi sog‘ligi bilan bog‘liq muammolar sababli shanba kuni qamoqda yurak xurujidan vafot etgan.

Arofat Jaradatning oilasi, ikkita bolasi qolgan.

Falastinlik inson huquqlari faollari Arofat qiynoqlar natijasida hayotdan ko‘z yumganiga ishonishadi.

Falastin muxtoriyatining mahbuslar masalasi bo‘yicha vaziri ushbu hodisa yuzasidan xalqaro tekshiruv o‘tkazilishini talab qilib chiqqan.

Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan falastinliklar bilan bog‘liq holat keyingi haftalarda murakkablashgan.

Bir necha mahkumlar oldinroq ochlik e‘lon qilgan 11 falastinlikni quvvatlab ochlik boshlaganlar.

Falastinda ham odamlar norozilik namoyishi o‘tkazganlar.

Bir necha joylarda Isroil politsiyasi bilan to‘qnashuvlar yuz bergan.

Isroil turmalarida ayni paytda besh mingga yaqin falastinlik mahbus saqlanadi.

Ularning qariiyb 500 tasi bir umrga qamalgan mahkumlar hisoblanadi.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.