BBC navigation

O‘zbekiston : nogiron siyosiy tutqunlarga nisbatan amnistiya yana qo‘llanilmadi

Сўнгги янгиланиш 25 феврал 2013 - 16:08 GMT

O‘zbekistondagi siyosiy va diniy tutqunlar hukumatning amnistiyasidan yana chetda qoldilar.

Ikki oy oldin 2012 yil 4 dekabrda O‘zbekiston Senati Konstitutsiyaning 20 yilligi munosabati bilan amnistiya haqida farmon qabul qildi.

Senatning qonunchilik va sud-huquq masalalari bo‘yicha qo‘mitasi bildirishicha, bu insonparvarlik amali sodir etgan jinoyati jamiyat uchun xavfsiz deb topilganlarga nisbatan qo‘llaniladi.

Farmonda, 1 va 2 guruh nogironlari, og‘ir kasalga chalinganlar, ayollar, 60 yoshdan yuqori erkaklar, xorij fuqarolariga nisbatan amnistiya qo‘llanilishi alohida ta‘kidlangan.

O‘zbekistonda oldingi amnistiya 2011 yil dekabr oyida e‘lon qilingan edi. Rasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra, qamoqdagi 45 ming insonga nisbatan amnistiya qo‘llanilgan. Shuningdek, 1 million 958 ming kishi jazoni o‘tashdan ozod qilingan. Qolganlarning jazo muddatlari qisqartirilgan yoki jinoiy ish bekor qilingan.

Xalqaro va mahalliy huquqbonlar O‘zbekistonda minglab siyosiy va diniy mahkumlar borligini aytib kelishadi, ammo rasmiy Toshkent ularning borligini hech qachon e‘tirof etmagan.

Kamdan-kam hollardagina, shunda ham hukumatning manfaatlari uchun zarur bo‘lganda siyosiy faoliyati yo-da e‘tiqodi uchun qamalganlar ozodlikka chiqariladi.

"Markaziy Osiyoda inson huquqlari" Assotsiatsiyasi ma‘lum qilishicha, birinchi va ikkinchi guruh nogironi bo‘lgan siyosiy tutqunlar hukumatning avfidan chetda qolganlar.

Ikkinchi guruh nogironlari Muxammadjon Qurbonov, Shavkat Karimov, Rustam Raxmankulov, birinchi guruh nogironlari Murod Latipov va Sunnat Talasov- jazo muddatini o‘tash davomida ikkalasining ham ko‘zi ojiz bo‘lib qolgan, shuningdek 60 yoshdan oshgan siyosiy mahkumlar qamoqda qolmoqda.

70 yoshida qamoqqa olingan Isoq Abdullayev yetti yildan buyon qamoqda, Samandar Qo‘qonov, G‘anixon Mamatxonov, Solijon Abdurahmonov, A‘zam Turg‘unov, Isroiljon Xoldorov, Rustam Usmonov, 19 yillik tutqun Murod Jo‘rayev, 14 yillik tutqun Mamadali Mahmudov, ularning ko‘pchiligi jazo muddati allaqachon tugaganiga qaramasdan, O‘zbek hukumatining "insonparvar" yordamiga loyiq ko‘rilmagan. Ularning hammasi jiddiy meditsina yordamiga muhtoj.

Bu tutqunlarga turli soxta ayblovlar bilan jinoiy ish ochilgani va uzoq muddatlarga ozodlikdan mahrum qilingani huquq faollari tomonidan aytib kelinadi.

Ular nafaqat avf qilinmaydi, balki jazo muddati nihoyasiga yetgan siyosiy mahkumlarga qamoqxona tartibini buzganliklari aybi bilan jinoiy ish ochiladi va muddat qo‘shib beriladi.

"O‘zbek hukumati siyosiy tutqunlardan qo‘rqadi"

O‘zbekistonlik huquq faollariga ko‘ra, amnistiya tufayli ko‘plab haqiqiy jinoyatchilar qo‘yib yuborilgan, natijada Toshkent shahrida turli qotilliklar ko‘paygani kuzatilgan. Misol uchun, yaqinda Abdulla Avloniyning keksa 90 yoshli qizini o‘ldirilishi ana shunday, amnistiyaga chiqqan jinoyatchilarning ishi deb ko‘riladi.

O‘zbek hukumati esa bunday ashaddiy jinoyatchilardan emas, o‘zining siyosati uchun noqulay deb bilgan, qamoqlarda azob larga duchor qilinib sog‘ligini yo‘qotgan tutqunlardan ko‘proq xavotirlanadi.

"Markaziy Osiyoda inson huquqlari" tashkiloti xalqaro hamjamiyatni O‘zbekiston Konstitutsiyasiga zid tarzda ozodlikdan mahrum etilgan aybsiz insonlarning, siyosiy va diniy tutqunlarning taqdiriga e‘tibor qaratishga chaqirgan.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.