BBC navigation

O‘sh: nondan piska chiqdi

Сўнгги янгиланиш 27 феврал 2013 - 16:08 GMT

Qirg‘izstonning O‘sh shahrida mijozlarning huquqini himoya qilish inspektsiyasi do‘konlarda sotilayotgan oziq ovqatning sifati xususida shikoyatlar tushayotganini e‘tirof etgan.

Muddati o‘tib ketgan, yoki umuman sotilishga nojoiz oziq- ovqat mollari sotilib, insonlarning hayotiga va salomatligiga xavf yaratmoqda, deb bildirgan inspektsiya. Bu masalaga hukumat tarafidan e‘tibor berilmayotgani xalq orasida shikoyatlarga asos bo‘lmoqda.

BBCning O‘shdagi muxbiri Oybek Abdillayevning xabar qilishicha, O‘sh shahri yashovchisi Suyunbek Dushunaliyev uyiga olib kelgan nonni ushatgan vaqti ichidan chiqqan narsani ko‘rib, xayratga tushdi.

Nonning ichida piska bor edi.

"Dasturxonga o‘tirib, nonni ushatishimni bilaman, katta qizim chinqirib yubordi. Axir bu piska odamning ichiga ketib qolsa, qanchadan-qancha zarar yetkazishi mumkin. Bu juda xavfli-ku, o‘limga olib kelishi mumkin axir", deydi Suyunbek ota.

U nondan chiqqan piska parchasini olib mijozlar huquqlarini himoya qilish nazorat inspektsiyasiga shikoyat qilib bordi.

Otaxonning aytishicha, mamlakat do‘konlarida muddati o‘tib ketgan oziq-ovqatlarni sotish holatlariga ham e‘tibor qaratilishi lozim.

Mijozlar huquqlarini himoya qilish nazorat inspektsiyasining O‘sh viloyati bo‘yicha vakilining BBCga aytishicha, haqiqatan ham oziq-ovqatlarning sifati bo‘yicha shikoyatlar juda ko‘p kelib tushmoqda va ularning hammasini ko‘rib chiqib, chora ko‘rish ko‘pda mushkul.

"Tovuq go‘shti, sut va go‘sht mahsulotlarining muddatlarini ko‘rsatmay yoda yolg‘on ma‘lumot bilan sotish hollari ko‘p uchraydi. Yaqinda bir do‘konni tekshirgan vaqtimiz, 15 fevral kuni edi, u yerdagi mahsulotlarning ba‘zilariga 25 fevral kuni chiqarilgan, degan tamg‘a bosilgandi. Lekin bu kabi holatalarni mutassil tekshirib turish uchun bizda imkon yo‘q, xodimlarmiz yetishmaydi", dedi inspektsiya vakili.

Lekin rasmiylarga ko‘ra, bu kabi holatlar aniqlangan vaqtda mamlakat qonunchiligida ma‘muriy jazo - 2 ming so‘mgacha jarima solish ko‘zda tutilgan.

Do‘kon va yemakxonalarda oziq-ovqatlarning sifati lozim darajada emasligi haqida boshqa o‘shliklar ham o‘zlari yuz tutgan holatlar haqida gapirib berishdi.

Qahvaxonalardan biriga ovqatlanish uchun kirgan ayolga olib kelingan pishiriq ichidan tsellofan parchasi chiqqan.

Qirg‘izistonda o‘latga uchrab halok bo‘lgan molning go‘shtini sotish hollari ham qayd etilgan.

Mijozlar huquqlarini himoya qilish tashkilotlariga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlari sifati yaxshilanmasa aholi sog‘lig‘i va xavfsizligiga zarar yetkazuvchi omillardan biri bo‘lishi mumkindir.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.