BBC navigation

Ramzan Qodirov Depardega besh xonali kvartira sovg‘a qildi

Сўнгги янгиланиш 27 феврал 2013 - 13:17 GMT

Checheniston prezidentining qarori bilan frantsuz aktyori yangi uylik bo‘lishdan tashqari respublikaning faxriy fuqarosiga ham aylandi

Checheniston prezidentining qarori bilan frantsuz aktyori yangi uylik bo‘lishdan tashqari respublikaning faxriy fuqarosiga ham aylandi.

Yaqindagina Jerar Depardega Rossiya fuqaroligi ham berilgandi.

O‘tgan yakshanba kuni poytaxt Grozniyga shaxsan tashrif buyurgan janob Depardening so‘zlariga qaralsa, unga Checheniston nihoyatda yoqqan.

Frantsuz aktyori bu yerning odamlari xayrixoh, ochiq ekanliklarini alohida ta‘kidlab o‘tgan.

Jerar Depardeni aeroportda shaxsan Ramzan Qodirovning o‘zi qarshi olgan va sharafiga dabdabali ziyofat ham uyushtirgan.

Checheniston haqida film ishlash istagida bo‘lgan janob Deparde mahalliy kinematograflar va talabalar bilan ham uchrashgan.

Ramzan Qodirov avvalroq frantsuz aktyoriga o‘z yurtlariga kelib yashashni taklif etgan va "buyuk madaniyat arbobi uchun lozim bo‘lgan barcha shart-sharoitlarni yaratib berishga" va‘da qilgandi.

Besh xonali uy va faxriy fuqaro bo‘lib olganiga qaramay, janob Deparde Mordoviyada ro‘yxatdan o‘tishni afzal bilgan.

Qo‘shaloq bayram

Bayram munosabati berilgan kontsertda Van Damm Ramzan Qodirovni yaxshi ko‘rishi va Chechenistonda amalga oshirilgan ishlardan hayratga tushganligini ochiqchasiga izhor etgandi

Bu - jahon miqyosida taniqli bo‘lgan yulduzlarning Chechenistonga ilk tashriflari emas.

2011 yili prezident Ramzan Qodirovning tug‘ilgan kuni bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelgan Shahar kuni tantanalarida britaniyalik taniqli skripkachi Vanessa Mey, belgiyalik mashhur aktyor Jan-Klod Van Damm, taniqli ingliz qo‘shiqchisi Sil va amerikalik aktrisa Hillari Suonklar ham ishtirok etishgandi.

Bayram munosabati berilgan kontsertda Van Damm Ramzan Qodirovni yaxshi ko‘rishi va Chechenistonda amalga oshirilgan ishlardan hayratga tushganligini ochiqchasiga izhor etgandi.

Hillari Suonk esa, "o‘zining inson huquqlarini saqlash yo‘lida olib borayotgan faoliyatiga soya tashlagani"ni aytib, keyinchalik Grozniyga qilgan safaridan pushaymon ekanini aytib chiqqandi.

Yulduzlarni Chechenistonga borish niyatidan qaytarish uchun, hatto, "Human Rights Watch" halqaro inson huquqlarini saqlash tashkiloti ularga ochiq xat bilan ham chiqqandi.

Xalqaro tashkilot maktubida ularning prezident Ramzan Qodirov uyushtirgan kechada ishtirok etishlari "avtoritar boshqaruvini ko‘z-ko‘z qilish" sifatida qabul qilinishi bilan ham ogohlantirgandi.

35 yashar Ramzan Qodirov Chechenistonni 2007 yildan buyon boshqarib keladi. Faollar chechen hukumatini Chechenistonni islomiylashtirish va erkinliklarni bo‘g‘ishda ayblab kelishadi.

Kvartira va Mordoviya

O‘tgan yil Frantsiya fuqaroligidan voz kechgan Jerar Depardega yaqinda Rossiya fuqaroligi ham berilgandi

Jerar Deparde Chechenistonga tashrifi chog‘ida "o‘ta hassos va chuqur" rus tilini o‘rganish istagida ekanini yana bir bor bayon qilarkan, Mordoviyada biznes bilan shug‘ullanish niyati borligiga ham ishora qilgan.

O‘tgan oy boshida Mordoviyaga qilgan safari paytida esa, unga respublika madaniyat vaziri bo‘lishi taklif etilgan, ammo bu lavozim haliyam bo‘shligicha qolmoqda.

Soliqlarning oshrilishiga norozilik sifatida 2012 yilda Frantsiya fuqaroligidan voz kechgan Jerar Deparde undan savol avvalroq prezident Vladimir Putinning marhmati bilan Rossiya fuqarosiga aylangandi.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.


* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.