BBC navigation

Erdo‘g‘on sionizmni fashizmga o‘xshatgani uchun tanqid qilinmoqda

Сўнгги янгиланиш 1 март 2013 - 16:05 GMT

Turkiya Bosh Vaziri Rajab Toyyib Erdo‘g‘on sionizmni "insoniyatga qarshi jinoyat" degani uchun AQSh, Isroil va BMT tomonidan qattiq tanqid qilingan.

Birlashgan Millatlar forumi minbaridan gapirgan janob Erdo‘g‘on "sionizm, antisemitizm va fashizm bilan bo‘lgani kabi, islomofobiya ham insoniyatga qarshi jinoyat deb ko‘rilishi muqarrar", deb aytgan.

Isroil Bosh Vaziri Benyamin Netanyaxu janob Erdo‘g‘onning so‘zlarini "yovuz va yolg‘on" deya qoralagan.

AQShning yangi Davlat Kotibi Jon Kerri juma kuni Turkiya rahbarlari bilan uchrashuvda ayni masalani ko‘tarishi kutilmoqda.

U Suriya inqirozini muhokama qilish uchun Anqaraga tashrif buyurgan.

Turkiya Bosh vazirining shu hafta boshida BMTning Venadagi "Tamaddunlar Ittifoqi Forumi"da aytgan so‘zlari AQSh yangi Davlat kotibining ilk xorijiy safariga soya solgan.

Isroil Bosh vazirining idorasi gap "biz allaqachon vaqti o‘tgan, deb o‘ylaydigan ma‘nisiz va yolg‘on bayonotlar haqida ketayapti", deb aytgan.

AQSh Milliy Xavfsizlik Kengashi raisi Tommi Vitorga ko‘ra esa "sionizmni insoniyatga qarshi jinoyat deb ta‘riflash... noto‘g‘ri va tahqirlovchi"dir.

Janob Erdo‘g‘onning chiqishini tarjimon vositasida eshitganini aytgan BMT Bosh Kotibi Pan Gi Munning matbuot kotibi Turkiya rahbarining so‘zlaridan taassuf izhor qilgan.

Isroil va Turkiya munosabatlaridagi inqiroz 2010 yil mayida, Isroil G‘azo qamalini yorib o‘tishga uringan turk faollari kemasini zabt etishidan so‘ng boshlangan edi.

"Ozodlik flotiliyasi"ga uyushtirilgan hujumda Turkiyaning 9 nafar fuqarosi halok bo‘lgan.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.