BBC navigation

AQSh olimlari: VICh virusi bilan tug‘ilgan go‘dak sog‘ayib ketdi

Сўнгги янгиланиш 4 март 2013 - 14:51 GMT

Amerikalik olimlarga ko‘ra, VICh virusi bilan tug‘ilgan qizaloqni davolashga muvaffaq bo‘lganlar.

Bu haqdagi ma‘lumotni Baltimordagi Jon Xopkins universiteti virusologi Debora Persod e‘lon qilgan.

Persod xonim Atlanta shahridagi ilmiy anjumanda o‘zlarining davolash yo‘llari haqida hikoya qilgan.

U chaqaloq tug‘ilganidan keyin qanday davolangani natijalarini e‘lon qilgan.

Debora Persod aytishicha, "bu go‘daklardagi VICh virusini davolab bo‘lishining isbotidir".

Missisipilik qizaloq homilalik paytida onasidan VICh virusini yuqtirgan.

Bugungi kunda qizaloq ikki yarim yoshga to‘lgan.

Shifokorlarning aytishlaricha, qizaloq tug‘ilganidan keyin uni oddiy dori-darmon bilan davolash boshlangan.

Mana oxirgi bir yilda go‘dakda infektsiya alomatlari umuman kuzatilmagan.

VICh va OITS bo‘yicha mutaxassislar xuddi shu yo‘nalishda hali yana ko‘p sinovlar o‘tkazilishi lozimligini, aynan shu davolash usuli boshqa chaqaloqlarga ham samarali ta‘sir qilish-qilmasligi tekshirilishi lozimligini aytmoqdalar.

Agar missisipilik go‘dak VICh virusidan to‘la qutulgan bo‘lsa, u dunyodagi halokatli infektsiyadan sog‘aygan ikkinchi inson bo‘ladi.

Hozircha mutlaqo bedavo xastalik deb ko‘riladigan OITS - Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromiga olib keladigan VICh virusidan sog‘aygan birinchi inson deb Timoti Rey Braun ko‘riladi.

2007 yilda Timoti Rey Braun organizmidagi VICh virusini o‘ldirish maqsadida uning immmun tizimini butkul yaroqsiz holga keltirgan leykemiya yoki "oq qon" usuli qo‘llangan.

So‘ng leykemiyaga uchragan organizmga VICh virusiga chidamli tanqis genetik mutatsiya qilingan to‘qima hujayralari o‘rnatilgan edi.

Missisipilik go‘dakka esa shu paytgacha ma‘lum bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan VIChga qarshi dori-darmonlarning "kokteyli"dan foydalanilgan.

Shifokorlar 18 oylik davolanishdan keyin virus yana go‘dak organizmiga qaytmaganidan hayratga tushganlar.

Qizaloqni VICh virusiga qarshi davolash u tug‘ilgan zahotiyoq boshlangan.

Oltita tibbiy laboratoriyadagi ko‘plab shifokorlar turli murakkab usullar bilan go‘dak organizmidagi VICh virusni topish maqsadida tekshirganlaridan keyin ham hech narsa topa olmaganlar, shundan so‘ng Jon Xopkins universiteti Bolalar markazi o‘z g‘alabalari haqida e‘lon qilishga qaror berganlar.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.