BBC navigation

Husni Muborak 13 apreldan boshlab qayta sud qilinadi

Сўнгги янгиланиш 4 март 2013 - 13:01 GMT

Misrdan kelayotgan xabarlarga ko‘ra, sobiq prezident Husni Muborak ustidan qayta mahkama jarayoni 13 apreldan boshlanadi. Bu haqda mamlakat appelatsiya mahkamasi qaror chiqargan.

Husni Muborak 2011 yil uni qudratdan ag‘darilishiga olib kelgan noroziliklar chog‘i namoyishchilarni o‘ldirganlik va korruptsiyada ayblanadi.

Qayta mahkama o‘tkazish borasida yanvar oyi u o‘ziga berilgan bir umrlik qamoq jazosiga qarshi shikoyat arizasi berishi ortidan farmoyish berilgandi.

84 yoshli Husni Muborak ustidan hukm 10 oy davom etgan mahkama ortidan iyun oyida chiqarilgandi.

Janob Muborak hozirda harbiy shifoxonada qolmoqda.

2011 yilgi norozilik namoyishlarini bostirish chog‘i 850 kishi hayotdan ko‘z yumgandi.

Husni Muborakning ichki ishlar vaziri Habib al-Adliy ustidan ham qayta mahkama o‘tkazilishi haqida ma‘lum qilingan.

O‘tgan yil u namoyishchilarni o‘ldirishga hissa qo‘shganlikda aybdor topilib, bir umrga ozodlikdan mahrum qilingandi.

Koppuptsiyaga oid ayblovlar uchun esa, 5-12 yillik qamoq jazosi tayinlangandi.

Janob Muborakning o‘g‘illari - Gamal va Ala ham korruptsiyada ayblanishgan va iyun oyida oqlangandi.

Endi chiqarilgan qarorga binoan ular ham qayta sud qilinadi.

Ma‘lum qilinishicha, qayta mahkamada oldin belgilangan jazodan qattiqroq hukm chiqarilishi kutilmaydi. Bir umrlik qamoq jazosi kuchda qoldirilishi va hatto, oqlash mumkinligi aytilmoqda.

Qayta mahkama borasida farmoyish berilarkan, Muborak janoblarining himoyachilaridan biri uning ishiga qo‘shimcha qilinadigan yangi dalil yo‘qligini bildirgandi.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.