BBC navigation

Musulmon ulamosi: "Xudkushlik hujumlarini oqlash mumkin"

Сўнгги янгиланиш 4 март 2013 - 12:27 GMT

Tohir Muhammad Ashrafiy hazratlarining bayon qilishicha, "xudkushlik hujumlarini u yoki bu ma‘noda oqlash mumkin"

Pokiston Ulamolar Kengashi rahbari xuddi ana shunday iddao bilan chiqqan.

Tohir Muhammad Ashrafiy hazratlarining bayon qilishicha, "xudkushlik hujumlarini u yoki bu ma‘noda oqlash mumkin".

Unga ko‘ra, "agar musulmonlarning yadroviy qurollari bo‘lmasa, ular o‘z jonlarini Alloh yo‘lida qurbon qilishlari kerak".

Ulamolar kengashi rahbari, o‘z o‘rnida, Afg‘oniston ishg‘ol ostida ekanini aytib, Amerika qo‘shinlarini mintaqadan chiqib ketishga ham chaqirgan.

"Men Isroil Falastinni, Hindiston Kashmirni bosib olgan va Afg‘oniston ham amerikoliklar ishg‘oli ostida, degan fikrdaman. Shuning uchun, agar musulmonlarda atom bombasi bo‘lmasa, ular Alloh uchun o‘zlarini qurbon qilishlari lozim", deya iddao qilgan Pokiston Ulamolar Kengashi rahbari.

Ayrim tahlilchilar nazdlarida esa, Tohir Muhammad Ashrafiy hazratlarining so‘zlari xudkushlik hujumlarini qonuniylashtirishga tengdir.

Qo‘shni Afg‘oniston esa, so‘nggi yillarda qator yirik xudkushlik hujumlariga sahna bo‘lib keladi

O‘tgan oy esa, bu ikki qo‘shni davlat xudkushlik hujumlarini qoralash maqsadida dunyoning qator musulmon davlatlari ulamolari ishtirokida yirik anjuman o‘tkazishga kelishib olishgandi.

Unda Saudiya Arabistoni, Misr, Hindiston, Pokiston va Afg‘oniston diniy olimlarining ishtirok etishlari kutilmoqda.

So‘nggi xabarlardan ayon bo‘lishicha, Pokiston tomoni endi bu yig‘inda ishtirok etishdan ham bosh tortgan.

Bu galgi Haj ziyorati mahali Saudiya Arabistoni Bosh muftiysi ham Islom dini xudkushlik hujumlarini qat‘iyan man etishini aytib chiqqandi.

Boshqa tomondan, rasmiy Kobul Afg‘onistonda uyushtirilayotgan yirik intihoriy hujumlarda doimo Pokistonni ayblab keladi.

Afg‘onistonlik yuqori martabali ulamolar esa, so‘nggi yillarda bir necha bor xudkushlik hujumlarini keskin qoralovchi bayonotlar bilan ham chiqishgandi.

Shunday ekan, Afg‘oniston tomoni Pokiston Ulamolar kengashi rahbarining so‘nggi chiqishi borasida qanday fikrda?

Suhbatdoshimiz Afg‘oniston Ulamolar kengashi a‘zosi Mavlaviy Xabir:

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.