BBC navigation

O‘shliklarga yordam niyatida internet do‘koni ochgan Meri Mitchellga savol bering

Сўнгги янгиланиш 4 март 2013 - 18:37 GMT

Meri Mitchell o‘shliklar ishlagan qo‘l san‘ati asarlarini Britaniyada sotib, ularga yordam bermoqda

Meri Mitchell - Markaziy Osiyo bo‘yicha tadqiqotchi va yosh ishbilarmon.

Londonda istiqomat qiladigan Meri 2004 yili ingliz tili muallimasi sifatida Markaziy Osiyoga boradi shundan va so‘ng Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda O‘zbekistonga oshufta bo‘lib qoladi.

U bir necha muddat O‘sh shahrida yashagan va 2010 yilgi xunrezlik ortidan Qirg‘izistonga qaytib borib, u yerdagi milliy ozchilik qiyin ahvolda qolayotganiga guvoh bo‘lgan. Shundan keyin bu insonlarga qandaydir ma‘noda yordam berishga jazm qiladi.

Meri o‘z ishbilarmonligi hamda Markaziy Osiyoning matolari, kashtalari, kulolchilik va misgarlik sa‘natiga bo‘lgan qiziqishini o‘shliklarga ko‘mak ko‘rsatish yo‘lida ishga soladi.

Hozirda O‘sh hunarmandlari tikkan kashtalar, to‘qigan matolar va kulollar ishlagan laganu ko‘zalarni madeandtold.com internet do‘konida sotuvga qo‘yadi. Tushgan daromadning salmoqli qismini hunarmandlarga yuboradi.

Shu asno qiyin ahvolda qolgan qator hunarmandlar muntazam daromad ko‘rish imkoniga ega bo‘lmoqdalar.

Meri Mitchelning orzusi o‘z interent do‘konini kengaytirib, Londonda haqiqiy do‘kon ochish.

Meri ochgan madeandtold.com internet do‘konida o‘zbekcha kashta, lagan, yostiqpo‘sh va so‘zonalar sotiladi

Oksford universitetida tahsil olgan Meri Mitchell Markaziy Osiyoning go‘zalligi, boy madaniyati, an‘analari va tarixidan bexabar g‘arbliklarni ogoh etishni istaydi.

Meri Mitchell, ayniqsa, O‘zbekistondagi qo‘l san‘ati va hunarmandchilik asarlarini, atlas va adras kabi matolarini yuqori baholaydi.

U kelajakda o‘z ish tajribasini nafaqat o‘shliklar, balki butun Markaziy Osiyo hunarmandlari manfaatlariga moslab, kengaytirish niyatida.

"Mintaqada yashaydigan insonlar korruptsiya, zulmkor tuzumlar va so‘nggi milliy nizo ortidan kuchaygan adolatsizlik kabi qiyinchiliklarga bardosh berib yashaydilar" - deydi Meri Mitchell - "Ammo ko‘plab ijtimoiy-iqtisodiy muammolar ildizida aslida ishsizlik muammosi yotadi".

"Maqsadim - oila boshliqlari qo‘llarida hunarlari bo‘la turib, bola-chaqasini boqish uchun uzoq o‘lkalarda muhojir bo‘lib yurishmasin, balki o‘z yurtlarida oilalarini ta‘minlay olsinlar".

Meri Mitchellga savollaringizni pastdagi maxsus forma orqali jo‘nating va yoki uzbek@bbc.co.uk BBC O‘zbek Xizmati elektron pochta manziliga yo‘llang.

Javoblarni BBC O‘zbek Xizmati vebsahifasida o‘qib, radiosuhbatni esa kelasi shanba va yakshanba kungi "Daraklar" dasturimizda tinglay olasiz.

Savollaringizni kutamiz!

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.



* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.