BBC navigation

1980 yilda Afg‘on urushiga ketgan samarqandlik topildi

Сўнгги янгиланиш 4 март 2013 - 18:20 GMT

Sho‘ro qo‘shinlari Afg‘onistonni 1989 yil fevralida tark etgan.

1980 yilda bedarak ketgan Sovet askari, Samarqand viloyatida tug‘ilgan Bahriddin Hakimov Afg‘onistonning Hirot viloyatida topilgan.

Bu haqda Moskvada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Ingushetiyaning sobiq prezidenti, Sho‘rolar Ittifoqi qahramoni, MDH mamlakatlari hukumat rahbarlari kengashi qoshidagi baynalmilal-jangchilar qo‘mitasi raisi Ruslan Aushev e‘lon qilgan.

Baynalmilal-jangchilar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Aleksandr Lavrentevning aytishicha, Bahriddin Hakimovning daragi bundan bir yil oldin chiqqan.

U bilan uchrashishga harakat qilingan, biroq uch marta bu amalga oshmagan.

Yaqinda, 23 fevral kuni mahalliy odamlar Bahriddin Hakimovni Aleksandr Lavrentev bilan uchrashuvga olib kelishga muvaffaq bo‘lganlar.

Aleksandr Lavrentevning aytishicha, 1980 yilning sentyabr oyida Hirot yaqinidagi jangda Bahriddin Hakimov og‘ir yaralangan.

Uni mahalliy odamlar oqsoqol tabibning oldiga olib borishgan.

Giyohlar bilan oqsoqol qo‘lida davolangan Bahriddin Hakimov o‘zi keyin tabiblik bilan shug‘ullana boshlagan.

Uni hozir Shayx Abdulla sifatida tanishadi.

Aleksandr Lavrentevning aytishicha, Shayx Abdulla 32 yil oldin olgan jarohat hozir ham seziladi.

Uning yuzi, qo‘li va yelkasi doim titrab turadi.

Bahriddin Hakimov o‘zining qayerda tug‘ilgani, qayerdan armiyaga ketgani, onasi, va yaqinlarining ismi-shariflarini aytib bergan.

Aleksandr Lavrentev Shayx Abdullaga o‘sha paytlarda Hirot atrofida bedarak ketgan Sho‘raviy harbiylarning ikkisining suratini ko‘rsatgan.

Shayxa Abdulla ularni bilishini va ular bilan uchrashganini aytgan.

Bahriddin Hakimov agar qarindoshlari u bilan uchrashishni xohlasalar va bu uchrashuv ularga zarar yetkazmasa, ko‘rishishni juda ham xohlashini aytgan.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.