BBC navigation

Tojikiston:hibsda o‘lgan mahbus uchun 6 ming dollar tavon to‘landi

Сўнгги янгиланиш 7 март 2013 - 16:25 GMT

Tojikiston Adliya vazirligi Jazoni ijro etish Bosh boshqarmasi tergov izolyatorida hayotdan ko‘z yumgan mahkumning bevasiga 30 ming somoniy (6 ming Amerika dollari atrofida) miqdorida tavon puli to‘lagan.

Advokat Abdurahmon Sharipovning ma‘lum qilishicha, javobgar tomon vakillari da‘vogar talab qilganidan oz miqdorda pul taklif qilishgan.

Sharipovga ko‘ra, ular bu holni so‘ralgan pulni to‘liq berish imkoniga ega emasliklari bilan izohlashgan.

"Mahkumning bevasi o‘z og‘ir ijtimoiy vaziyatidan kelib chiqib, bunga rozi bo‘ldi", deydi Abdurahmon Sharipov.

"Agar so‘ralgan pulni to‘liq berishlari talab qilinsa, ish yana bir yilga cho‘zilishi mumkin edi", deya qo‘shimcha qiladi huquqshunos.

32 yoshli Ismoil Bachajonov 2009 yil giyohvandlik moddalar noqonuniy savdosida ayblanib hibsga olingan.

U 2011 yil tergov izolyatorida hayotdan ko‘z yumgan. Ismoilning bevasiga ko‘ra, u qamoqxona nozirlari tarafidan kaltaklanishi natijasida og‘ir tan jarohatlari olgan bo‘lgan.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.