BBC navigation

O‘zbekiston kimyoviy majmua qurish shartnomasini bekor qiladi

Сўнгги янгиланиш 7 март 2013 - 13:06 GMT

O‘zbekiston Navoiy viloyatida qurilishi kerak bo‘lgan kimyoviy majmua shartnomasini bekor qiladi. Ushbu loyihaning umumiy qiymati 1 milliard 300 million dollarni tashkil qilgan va joriy yilda ishga tushirilishi kerak edi. Loyiha BAA shirkati tomonidan sarmoyalanishi kerak edi..

KazTAG agentligining hukumatdagi manbasiga tayanib ma‘lum qilishicha, O‘zbekiston tomoni shartnomada aniqlashtirilgan ko‘rsatkichlarga ega bo‘la olmagan. Shu sababdan, hujjatni bekor qilishga kirishilgan.

2010 yilning fevral oyida BAA ga qarashli International Petroleum Investment Co (IPIC) bilan imzolangan shartnomaga ko‘ra Navoiyda qiymati 1 milliard 300 million dollarlik kimyoviy majmua 3 yilning ichida ishga tushirilishi kerak edi.

IPIC shirkatidan bu borada izoh olishning hozircha imkoni bo‘lgani yo‘q.

Majmua ishga tushgach unda bir yilda qishloq xo‘jaligida ishlatiluvchi 900 ming tonna ammiak va 1 million tonna karbamid ishlab chiqarilishi kerak edi.

Shartnomada mahsulotning 70 foizi eskport qilinishi va qolgani ichki bozorga chiqarilishi ko‘rsatilgan.

Sarmoyadorlarga maslahat berish bilan shug‘ullanuvchi "Mashvarat - Maslahat" shirkati asoschisi, iqtisodchi Anvar Husainovga ko‘ra shartnomaning bekor qilinishiga asosiy sabab tabiiy gaz eksportining ortgani va ishlab chiqarilgan tovarning eksport qilish narxlari balandligida bo‘lishi mumkin.

"Karbamid ishlab chiqarishning asosiiy xom ashyosi bu tabiiy gaz. Mana shu tabiiy gazning katta qismini O‘zbekiston Xitoy va xorijga sotayapti. Transport harajatlarining narxi oshdi. Ayniqsa temir yo‘l transportining narxlari oshib ketdi. Bojxona ittifoqi tuzilganidan so‘ng Qozog‘iston va Rossiya orqali xorijga chiqadigan yo‘llar qimmatga tushayapti", - deydi Anvar Husainov.

Iqtisodchiga ko‘ra bugunga kelib ammiyak va karbamidning jahon bozoridagi narxi ko‘tarilgani yo‘q, ammo uni ishlab chiqarish va yetkazish qimmatga tushishi mumkin. Shu jihatdan ushbu maxsulotlarni ayni vaqtda ishlab chiqarish foydali bo‘lmaydi.

O‘zbekistonda Chirchiq, Farg‘ona va Navoiyda karbamid ishlab chiqariladi. Iqtisodchi Anvar Husainovga ko‘ra O‘zbekiston sarmoyani ushbu zavodlarni modernizatsiyalashga jalb qilganida o‘zini oqlardi.

IPIC shirkati bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra O‘zbekiston tomoni tashqi infratuzilma bo‘lmish yo‘l va temir yo‘l qurilishini ta‘minlashi, energiya ta‘minotini yetkazib berishi lozim edi.

BAA tomoni esa loyihani 80 foiz moliyalab uni ishga tushirishga mas‘ul edi.
Kuzatuvchilar 1 millard dollardan ortiq sarmoyaning bekor qilinishi O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi obro‘siga salbiy ta‘sir qilishi mumkinligini aytishadi.

Ikkinchi tomondan O‘zbekiston bozoriga shiddat bilan kirib kelayotgan Janubiy Koreya va Xitoy sarmoyalari oldida IPIC shirkatining loyihasi raqobatga kirisholmagan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinadi.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.