BBC navigation

Gulnora Karimova o‘ziga qarshi tanqidlarga ilk bor G‘arb matbuotida javob qaytardi

Сўнгги янгиланиш 8 март 2013 - 15:41 GMT

O‘tgan yilning yozida boshlangan Shveytsariya banki bilan bog‘liq mojarolardan so‘ng birinchi marta Prezident Karimovning qizi Gulnora Karimova Shvetsariya banki, MTS va Behzod Ahmedov bilan bog‘liq savollarga javob bergan.

Shvetsariyada nashr qilinadigan Bilan iqtisodiy majallasiga ko‘ra, Gulnora Karimova tahririyat savollariga Twitter va elektron pochta orqali javob bergan.

Gulnora Karimovaga ko‘ra, Behzod Ahmedov o‘zi bilan yaqin munosabatlarini suiste‘mol qilgan.

Ayni paytda Britaniyada chop etiladigan Financial Times ro‘znomasi ham "O‘zbekiston va uning birinchi xonimi" deb nomlangan maqola chop etgan.

"Men ko‘p vaqt bu masalaga tegmadim, ammo endi vaziyatga oydinlik kiritish vaqti keldi" - deydi Gulnora Karimova Bilan savollariga javoblari - "Hammasi 2011 yili MTS shirkati faoliyatini soliq idorasi tekshiruvidan boshlangan".

Gulnora Karimova MTS Qirg‘iziston, Turkmaniston va Hindistonda ayanchli tajribaga ega bo‘lgan shirkat bo‘lgani va davlat idoralari e‘tibori birdan MTSning O‘zbekiston bo‘limi rahbari bosh direktori Bexzod Ahmedovga tushganini aytadi.

"Men uni uzoq vaqtdan beri bilaman, ota-onasi va singlisini taniyman" - davom etadi O‘zbekiston prezidentining qizi - "Endi bilsam, O‘zbekistonda o‘ziga hech kim tegib bo‘lmaydigan shaxs qiyofasini yaratish yo‘lida bu voqelikdan foydalangan".

Maxsus dasturlarni ishga solib, qo‘rqmasdan, abonentlar hisobidan katta miqdorda mablag‘larni olgan. Muammoni ichki tekshiruv asosida yechishga uringanda esa, MTS shirkati noroziligiga duch kelindi va Behzod Ahmedov O‘zbekistondan qochib ketdi, deb aytadi Gulnora Karimova.

"Har qanday taniqli odamda bo‘lgani kabi, raqiblarim bu ishni mening nomimga bog‘lamoqchi bo‘lishdi", deb yozgan Karimova xonim.

Lekin G‘arbda bu o‘rinda muayyan hujjatlar va oldi-berdilar haqida iddaolarga Gulnora Karimova O‘zbekiston bozoriga kirishga intilgan TeliaSonera shirkati sobiq menejerlari elektron pochtalarida muzokaralar men va yoki singlimga aloqador kontaktlari orqali o‘tishgani haqida ma‘lumotlar topishganmish, deb aytadi.

Men bu kabi hujumlarga ilk bora duch kelayotganim yo‘q, deydi Gulnoar Karimova. Va 2011 yildi Nyu Yorkdagi Moda haftalagi, 2010 yili Kanndagi voqealarni hamda o‘zi ishlagan taqinchoqlarni taqdim etganida bo‘lgan voqealarni misol sifatida keltiradi.

Shuningdek, Shvetsiyadagi Mannheimer Swartling advokatlar kollegiyasi olib borgan mustaqil tekshiruv mening nomimga dog‘ tushiradigan material topmagan, deb aytadi Gulnora Karimova.

"Men hech qachon TeliaSonera vakillari bilan uchrashganim ham, gaplashganim ham yo‘q" - deb u o‘z javobida qat‘iy kesgan.

Gulnora Karimova o‘z mavqeidan kelib chiqqan holda, tayinlangan vakillarni ishlatmasligini, chunki bu doimo muammolar yaratishini qayd etadi.

Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi o‘z ismi matbuotda Zeromax, Interspan, Oxus Gold, Vim-Bil-Dan va Carlsberg aloqador tarzda eslatilganini, hatto bir bora Shveytsariyada mahkamaga murojaat qilmoqchi bo‘lganini, lekin uning O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili o‘laro mavjud diplomatik mavqei o‘z huquqlarini himoya qilib, mahkamaga murojaat qilishiga yo‘l qo‘ymaganini aytadi.

"Bu kabi hujumlarga qarshi turish katta kuch talab qiladi, ammo unda Fond Forumdagi asosiy ishingizdan chalg‘ib ketasiz" - deydi Gulnora Karimova.

O‘zbekiston va uning "birinchi xonim"i

Financial Times esa ilk jumlasini yakkahokim rahbarning ashulachi qizi olib borgan tijorat ishlariga tekshiruvlar yangicha oydinlik kiritmoqda, deb boshlaydi.

Maqola "O‘zbekiston va uning "birinchi xonim"i deb ataladi.

Maqolada Gulnora Karimova o‘tgan 10 yil davomida dunyodagi eng zulmkor tuzumning G‘arbga do‘stona qarovchi yuzi edi, deyiladi.

"Ammo endi u shafqatsiz biznesmen va o‘z manfaatlari uchun oilasining mavqeidan foydalanib, tijoriy raqiblarini chilparchin qiladi", deb iddao qilinadi.

Financial Timesning yozishicha, nashr ko‘rgan hujjatlar shuni ko‘rsatadi, Karimova xonim O‘zbekiston telekommunikatsiya sohasida yirik xoldinglarni barpo etgan va bashang uy-joylarga egalik qilmoqda.

Gazeta MTS shirkati mashmashasini eslatadi va bu boradagi ziddiyatlar O‘zbekkiston siyosiy kelajagiga ta‘sir qilishi mumkinligini aytadi.

Nashrga ko‘ra, hozir 75 yoshli prezidentning salomatligi savol ostida qolayotgan bir apytda, uning qizi o‘z ittifoqchilari bilan birgalikda, otasi o‘limidan keyin qudratga erishishga intilayotgan, deb ko‘riladi.

Gulnora Karimova bilan go‘yo yaqindan ishlagan odamdan iqtibos keltirgan nashr, uning atrofidagi ziddiyatlar va kurashish usullari unga qarshi ish berishi mumkin va O‘zbek hukumati uni himoya qilishga qiynalib kolishi mumkin, deb yozadi.

Financial Times hali 2003 yili ham Gulnora Karimovaning tijoriy faoliyati haqida yozgan.

O‘shanda u Karimova xonimning tijorati borasida batafsil yozishga intilgan ilk G‘arb nashri bo‘lgandi.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.