BBC navigation

Usama bin Lodinning kuyovi AQShda mahkamaga tortiladi

Сўнгги янгиланиш 8 март 2013 - 13:33 GMT

AQSh rasmiylariga ko‘ra, Abu Hayt Nyu York va Vashingtonda 2001 yil 11 sentyabrda uyushtirilgan portlashlarga aloqador bo‘lishi mumkin.

"Al-Qoida"ning so‘zchisi va Usama bin Lodinning kuyovi bo‘lgan Sulaymon Abu G‘ayz Nyu-Yorkda mahkamaga yuz tutadi.

AQSh rasmiylariga ko‘ra, Abu G‘ayz Nyu York va Vashingtondagi 2001 yil 11 sentyabr portlashlariga aloqador ko‘riladi.

Bu haqda Amerika kongressi vakili Piter King ma‘lum qilgan.

Abu G‘ayz o‘tgan haftada Iordaniyada qo‘lga olingan edi. AQSh hukumati Abu G‘ayzning qanday ushlangani borasida ko‘p ma‘lumot tarqatmagan.

Ayni paytda Turkiyaning Hurriyet gazetining yozishicha, bundan bir oy oldin Abu G‘ayz Turkiyada ushlangan, biroq uning hech qanday jinoyat qilganligi aniqlanmagach, politsiya qo‘yib yuborishga qaror qilgan.

AQSh rasmiylariga ko‘ra, Abu G‘ayz Nyu York va Vashingtonda 2001 yil 11 sentyabrda uyushtirilgan portlashlarga aloqador ko‘riladi.

Markaziy Razvedka Boshqarmasining Nyu York bo‘limi boshlig‘i Jorj Venizelos "Sulaymon Abu G‘ayz Al-Qoida saflarida asosiy mavqelardan birini egallagan", deb aytadi.

"U o‘zining vazifasidan Qo‘shma Shtatlarga tahdid va Amerika dushmanlariga ta‘sir o‘tkazishda foydalangan", - deb ta‘kidlaydi janob Venizelos.

Abu G‘ayz muqaddam Quvaytdagi masjidlardan birida imomlik qilgani aytiladi. 2001 yil 11 sentyabr voqealaridan so‘ng Quvayt fuqaroligidan ajralgan.

AQSh Adliya vazirligi vakillari iddao qilishicha, 2001 yil may oyidan 2002 yil oxirigacha Abu G‘ayz Usama bin Lodin bilan yaqin aloqada bo‘lgan, "Al-Qoida" nomidan chiqish qilib, bu kabi portlashlar davom etishini bildirgan.

Amerika mahkamasida mavjud hujjatlarga ko‘ra, 2001 yil 12 sentyabrda Abu G‘ayz Usama bin Lodin va Ayman Zavahariy bilan birga videomurojaatda tushib, Amerikani "unga qarshi buyuk armiya yig‘ilayotgani"nidan ogohlantirgan hamda musulmonlarni yahudiylar, nasroniylar va amerikaliklarga qarshi kurashga chaqirgan.

Aytilishicha, 2002 yilda Abu G‘ayz Eronga qochgan.

Assoshieyted Pressga Iordaniya xavfsizlik xizmati xodimining bildirishicha, Abu G‘ayz ikki mamlakat o‘rtasidagi ekstraditsiya bo‘yicha shartnomadan kelib chiqib AQShga topshirilgan.

Bu "Al-Qoida" a‘zosi ustidan Amerikada o‘tadigan dastlabki mahkamalardan biri hisoblanadi.

"Xavfli jinoyatchi"

2011 may oyida Amerika kuchlarining Pokistonda o‘tkazgan amaliyoti natijasida Usama bin Lodin Abbotoboddagi yashirin qarorgohida o‘ldirilgan edi.

Kongressmen Piter King "Al-Qoidaning rahbarlari birin-ketin qo‘lga olinayotganligini va bu Amerika xavfsizlik kuchlarining xizmati ekanini ta‘kidlaydi.

11 sentyabr portlashlaridan so‘ng Human Rights First tashkilotining hisobotiga ko‘ra, 67 xorijlik Amerika mahkamasi tomonidan terrorizmda aybdor deb topilgan.

Usama bin Lodinning kuyovi Sulaymon Abu G‘ayz juma kuni amerikaliklarni o‘ldirishni rejalashtirganlik ayblovi bilan fuqarolik mahkamasiga keltiriladi.

Bir qancha amerikalik siyosatchilar Abu G‘ayzni Nyu York mahkamasiga berilishini tanqid qilishgan.

"Biz uchun Usama bin Lodinga shu qadar yaqin turgan shaxs ishini fuqarolik mahkamasida ko‘rish oxirgi qadam bo‘lishi kerak. Bu odam Guantanamoda bo‘lishi lozim", deb aytgan respublikachi senatorlardan biri.

Amerika hukumat rasmiysi esa mahkama Prezident Obamaning milliy xavfsizlik borasidagi rejalariga asosan o‘tayotgani, Guantanamoga yana qo‘shimcha mahbuslarni olib kirish emas, uni yopish kerakligini bildirgan.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.