BBC navigation

Rossiyada O‘IHga a‘zolikda gumon qilingan o‘zbekistonlik qo‘lga olingan

Сўнгги янгиланиш 12 март 2013 - 15:08 GMT

Moskva politsiyasi O‘zbekiston fuqarosini Turkiston Islomiy Partiyasiga a‘zolikda shubha qilib hisbga olishgan.

Interfaks xabar berishicha, Abdulhofiz Xolmurodov Afg‘onistonda jangarilar tayyorgarligidan o‘tish uchun odamlarni yollaganlikda ayblanadi.

Politsiya 28 yoshli bu o‘zbekistonlikni hatto, Turkiston Islomiy Partiyasi Moskva bo‘limi rahbari deya gumon qilmoqda.

Moskvada markaziy osiyoliklar huquqlari himoya qiluvchi faol Bahrom Hamroyev bunday xabarlarga har doim ham ishonib bo‘lmasligini aytadi.

"Qamalayotgan yigitlarni O‘zbekiston Prezidentining qoshida ishlaydigan deb aytmaydi hech qachon."Islomiy harakat" deyishadi yo "Turkiston harakati", deydi", deya o‘z fikrini bildiradi huquq faoli.

"Xolmurodov Abdulhofiz Azizovich 1985 yil tug‘ilgan, unga qidiruvlar e‘lon qilinganidan keyin hibsga olingan. Men bu yigit bilan gaplashdim. U biron bir jinoyat sodir qilmagani haqida sudda ham gapirgan. Sud bunday paylarda inobatga olmaydi, chunki uni O‘zbekiston hukumati qidiruvga bergan. Bu - ekstraditsiya masalasi...Bunday holatlar juda ko‘p", deydi Bahrom Hamroyev Bi-bi-si bilan suhbatda.

Suhbatning to'liq qismini mana bu erdan tinglang:

Россияда ЎИҲга аъзоликда гумон қилинган ўзбекистонлик қўлга олинган

Москва полицияси Ўзбекистон фуқаросини Туркистон Исломий Партиясига аъзоликда шубҳа қилиб ҳисбга олишган. Интерфакс хабар беришича, Абдулҳофиз Холмуродов Афғонистонда жангарилар тайёргарлигидан ўтиш учун одамларни ёллаганликда айбланади.

Тинглашmp3

Муқобил медиа плейерда ўйналсинми

Алоқадор мавзулар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.