BBC navigation

Isroil Turkiya faollari o‘limi yuzasidan kechirim so‘radi

Сўнгги янгиланиш 23 март 2013 - 14:17 GMT
Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu Turkiyadan 2010 yil G‘azoga insonparvarlik yordam olib ketayotgan kemalar karvoniga qarshi hujum chog‘i "insonlar umriga zomin bo‘lishiga olib kelgan har qanday xato uchun" uchun uzr so‘ragan.

Shuningdek, janob Netanyahu Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan muloqotda nobud bo‘lgan 9 faolning oilasiga tavon puli to‘lashini aytgan.

Bundan oldin janob Netanyahu faqatgina o‘lim hollaridan taassuf izhor qilgandi.

Erdo‘g‘an janoblari idorasiga ko‘ra, Bosh vazir uzrxohlikni "Turkiya xalqi nomidan" qabul qilingan.

Isroil yuqori martabali rasmiylaridan biri Rajab Toyib Erdo‘g‘an ikki mamlakat elchilarini joylariga qaytarishga rozi bo‘lgan.

Shu bilan birga, Turkiya bosh vaziri 4 nafar Isroil zobitiga qarshi sirtdan ochilgan jinoiy ishni ham bekor qilgan.

2010 yilning may oyida Isroilning qamaliga qaramay, G‘azoga yordam yetkazishga uringan kemalar karvoni nishonga olinishi natijasida 9 turk faoli hayotdan ko‘z yumgandi.

O‘shanda Isroil hukumati josuslik ma‘lumotlari to‘plashda xatolarga yo‘l qo‘yilganini tan olgan, biroq harbiylari faollar ularga qarshi hujum qilganidan keyingina o‘ldiruvchi qurol ishlatganini ta‘kidlagandi.

Faollar esa, hali kema xalqaro suv hududida bo‘lgan paytidayoq, ular bordga tushishlari bilan Isroil qo‘shinlari o‘q uzganlarini aytishgan.

Hodisa xalqaro miqyosda ham qahru g‘azabga sabab bo‘lgan va Turkiya va Isroil o‘rtasidagi munosabatlarning taranglashuviga yetaklagandi.

Bosh vazir Benyamin Netanyahuni Turkiyadan kechirim so‘rashga Qo‘shma Shtatlar Prezidenti Barak Obama Isroildan jo‘nab ketayotgan so‘nggi daqiqalarda ko‘ndirgan.

Iordaniyaga uchishi oldi AQSh Prezidenti Barak Obama janob Netanyahu va Turkiya Bosh vaziri Erdo‘g‘an telefon orqali muloqotda bo‘lganini ma‘lum qilgan.

"Qo‘shma Shtatlar ham Turkiya va ham Isroil bilan yaqin hamkorliklarni qattiq qadrlaydi. Va biz mintaqa tinchligi va xavfsizligi uchun ular o‘rtasidagi ijobiy munosabatlar qayta tiklanishi muhim ahamiyatga ega, deb hisoblaymiz", deb aytgan Obama janoblari Oq Uy tarafidan tarqatilgan bayonotida

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.