BBC navigation

Amerika Bagrom qamoqxonasi nazoratini Afg‘onistonga topshirdi

Сўнгги янгиланиш 25 март 2013 - 10:50 GMT
Bagromda bir necha bor mahbuslarga noinsoniy munosabat qilinganiga doir ayblovlar yangragandi.

Bagromda bir necha bor mahbuslarga noinsoniy munosabat qilinganiga doir ayblovlar yangragandi.

AQSh Afg‘onistondagi o‘z nazorati ostida bo‘lgan so‘nggi qamoqxonani Afg‘onistonga topshirgan.

Ayni qamoqxona ustidan nazorat ikki davlat o‘rtasidagi ziddiyatli masalalardan biriga aylangan edi.

Nazoratni topshirish marosimi qamoqxonada o‘tkazilgan.

Bu masala hali qamoqxonadagi xatarnok deb ko‘rilgan mahbuslar taqdiri yuzasidan muqaddam kechiktirilgan edi.

Ayni qamoqxona salbiy ta‘riflarga turtki berib kelgan va bunda bir necha bor mahbuslarga noinsoniy munosabat qilinganiga doir ayblovlar yangragandi.

"Afg‘oniston Guantanamosi”

"Bu qamoqxona nazoratini topshirish Afg‘on Milliy Xavfsizlik kuchlariga xavfsizlik masalasida ma‘suliyatni oshirishdagi muhim qadamdir. Ayni marosim ham mustaqil Afg‘onistonning tobora o‘ziga ishonib borayotganidan dalildir”, deb aytgan Amerikaning Afg‘onistondagi kuchlari rahbari general Danford.

Garchand o‘tgan yil mart oyida Amerika Bagrom qamoqxonasi nazoratini Afg‘onistonga topshirishga rozi bo‘lgan esada, to‘la nazorat ma‘suliyatini oshirish bir yilga cho‘zildi.

Amerika qamoqxonadagi xatarnok deb bilgan mahbuslar ozod etilishi ehtimolidan xavotirda edi.

Amerika kuchlari qamoqxonadagi ellik nafar mahbus va yana ilk nazorat topshirish shartnomasidan keyin qamoqqa olinganlarni qo‘riqlashda davom etib kelayotgandi.

Shu oy boshlarida esa topshirish marosimi yana ortga surilgan, bunga Prezident Karzayning kelishuv shartlaridan biriga norozilik bildirgani sabab qilib ko‘rsatilgandi.

Vahshatnok Bagram?

O‘tgan yil yanvar oyida Afg‘onistonlik faollar Amerika harbiylarini Bagramdagi mahbuslarga noinsoniy munosabat qilishda ayblagandi.

Afg‘onistonlik inson haqlari faollariga ko‘ra, mahbuslar qiynoqqa solinganlar, asossiz ushlab turilganlar va kamsituvchi tekshiruvlarga mubtalo qilinganlar.

NATO va Amerika qo‘shinlari bu ayblovlarni rad etishgan.

2012 yil fevralida esa Amerika askarlari mahbuslardan tortib olingan Qur‘onni yoqishda ayblangandilar.

Ayni ayblovlar ortidan Afg‘oniston bo‘ylab zo‘ravonlikka yetaklagan norozilik namoyishlari kechgandi.

Amerika tekshiruvchilari esa Qur‘on yoqilishi voqeasida Islomni haqorat qilish niyatu amali bo‘lmaganini aytishgandi.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.