Osiyo Chempionlar ligasi: O‘zbekiston jamoalari o‘z kurashlarini davom ettirishadi

Image caption "Lahviya"ning Osiyo Chempionlar ligasidagi ilk ishtiroki o‘tgan yilgi mavsumga to‘g‘ri keladi

O‘z guruhlarida peshqadamlik qilib turgan "Bunyodkor" Xitoyning "Beytszin Goan", "Paxtakor" esa, Qatarning "Lahviya"siga qarshi maydonga tushishadi.

Qaldirg‘ochlar guruh bosqich saralash bellashuvlarining 3-tur uchrashuvini o‘z maydonlarida, sherlar esa, safarda o‘tkazishadi.

"Bunyodkor" ertaga maydonga tushsa, "Paxtakor"ning navbatdagi o‘yini shu chorshanba kuniga rejalangan.

O‘zbekistonlik bu ikki jamoa 2013 yilgi Osiyo Chempionlar ligasini g‘alaba bilan boshlashgan.

Ammo O‘zbekistonning amaldagi chempioni "Paxtakor"dan farqli tarzda, "Bunyodkor" Janubiy Koreyaning "Poxang Stilerz"iga qarshi ikkinchi uchrashuvida durang natija qayd etgan.

O‘tkazgan ikki o‘yinlari ortidan sherlar "V" guruhida 6 ochko, qaldirg‘ochlar esa, "G" guruhida 4 ochko bilan peshqadamlik qilib turishibdi.

Ammo "Bunyodkor"ning to‘plagan ochkolari soni ertangi raqibi "Beytszin Goan"niki bilan teng.

Ham "Paxtakor" va ham "Bunyodkor" O‘zbekistonning Osiyo Chempionlar ligasida katta tajribaga ega ikki jamoasi sanalishadi.

Ikkovlon ham o‘z tarixlarida ikki bor Osiyo Chempionlar ligasining yarim finaliga chiqishga muvaffaq bo‘lishgan.

Ammo ularning hech biriga halicha Osiyo chempionlari chempioni bo‘lish nasib etmagan.

Bo‘lajak raqiblar

Image caption Bu yilgisi bilan bu - "Beytszin Goan"ning o‘z tarixida to‘rtinchi bor Osiyo Chempionlar ligasida to‘p surishi

Bu yilgisi bilan bu - "Beytszin Goan"ning o‘z tarixida to‘rtinchi bor Osiyo Chempionlar ligasida to‘p surishi

Bu yilgisi bilan bu - "Beytszin Goan"ning o‘z tarixida to‘rtinchi bor Osiyo Chempionlar ligasida to‘p surishi.

Osiyo Chempionlar ligasidagi ishtirokini ikki bor guruh bosqich bellashuvlarining o‘zidanoq yakunlagan, bir marotaba guruhdan keyingi bosqichga chiqishga muvaffaq bo‘lgan.

2002 yilga qadar o‘tkazib kelingan Osiyo Kubogi G‘oliblari Kubogida o‘zini yaxshigina ko‘rsatgan jamoa sanaladi.

"Paxtakor"ning navbatdagi raqibi - Qatarning "Lahviya"si esa, "Beytszin Goan" bilan taqqoslaganda, Osiyo Chempionlar ligasida juda oz tajribaga ega.

Jamoaning Osiyo Chempionlar ligasidagi ilk ishtiroki bor-yo‘g‘i o‘tgan yilgi mavsumga to‘g‘ri keladi.

Ammo, shunda ham, "Lahviya" guruh bosqich bellashuvlarining o‘zidanoq ortga qaytishga majbur bo‘lgan.

Joriy paytda esa, ikki o‘yindan 4 ochko to‘plab, o‘z guruhida "Paxtakor"dan keyin ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Qisqa tarixcha o‘rnida

Image caption Ham "Paxtakor" va ham "Bunyodkor" O‘zbekistonning Osiyo Chempionlar ligasida katta tajribaga ega ikki jamoasi sanalishadi

Ham "Paxtakor" va ham "Bunyodkor" O‘zbekistonning Osiyo Chempionlar ligasida katta tajribaga ega ikki jamoasi sanalishadi

"Bunyodkor" bu yilgi Osiyo Chempionlar ligasining dastlabki uchrashuvida Yaponiya chempioni "Sanfrechche Xirosima" klubini safarda 2:0 hisobida mag‘lub etib, katta shov-shuvga sabab bo‘lgandi.

O‘tgan yil esa, o‘z yo‘lida Janubiy Koreya, Yaponiya va Avstraliyaning manaman, degan jamoalarini yengishga muvaffaq bo‘lgandi.

Ammo yarim finalda har ikki o‘yin natijasiga muvofiq Janubiy Koreyaning "Ulьsan Xyonde" klubiga yutqazib qo‘yishi ortidan, O‘zbekiston jamoalarining to‘rtinchi bor Osiyo Chempionlar ligasining final bosqichiga chiqish urinishlari chippakka chiqqandi.

Qaldirg‘ochlarning biror bir dongdor legionersiz oradan to‘rt yil o‘tib, ikkinchi bor Osiyo Chempionlar ligasining yarim finaliga chiqishga muvaffaq bo‘lishlari esa, jamoaning katta yutug‘i sifatida ko‘rilgandi.

Ammo O‘zbekiston chempionining osmono‘par orzulariga erishish uchun o‘z vaqtida millionlab dollarlar evaziga Luiz Felippe Skolari va Rivalьdo kabi dunyoning dongdor murabbiy va yulduz futbolchilarini Toshkentga keltirishi ham samara bermagandi.

O‘zbekiston chempionining ikkinchi bor qit‘aning eng zo‘riga aylanish orzusini yarim finalda chippakka chiqargan "Ulьsan Xyonde" esa, Osiyo Chempionlar ligasining finalida Saudiya Arabistonining "Al-Ahli"sini 3:0 hisobida mag‘lub etib, o‘tgan yili chempionlar chempioniga aylangandi.

Baho

O‘zbekistonlik futbol sharhlovchilariga ko‘ra esa, o‘tgan yil ham Osiyo Chempionlar ligasi, ham milliy terma jamoa va ham milliy chempionat o‘yinlarida ishtirok etishlariga to‘g‘ri kelgani futbolchilarni ancha toliqtirib qo‘ygan.

Ularning ta‘kidlashlaricha, O‘zbekiston jamoalarining to‘rt marta Osiyo Chempionlar ligasining yarim finaliga chiqib, final bosqichiga o‘ta olmaganliklari - hali o‘z ustlarida ko‘p ishlashlariga to‘g‘ri kelishi, ayniqsa, jismoniy tayyorgarlikni bir mavsumga yetarli maromda olib bora olishlari kerakligini ko‘rsatib qo‘ygan.

Mahalliy mutaxassislarning urg‘ulashlaricha, "O‘zbekiston jamoalari Osiyo chempionlari chempioni bo‘lmoqchi bo‘lishsa, asosiy tarkibini eng zo‘r o‘yinchilardan tashkil qilishi, zaxira o‘rindig‘idagi futbolchilar o‘z ustlarida yanada ko‘proq ishlashlari va raqiblarni o‘rganishga ham ko‘proq ahamiyat berishi kerak".

Bu mavzuda batafsilroq