Afg‘onistonda toliblar mahkama binosiga hujum qilgan, qurbonlar bor

Image caption Guvohlar ko‘z o‘nglarida haqiqiy urush bo‘lganini tasvirlab berishgan.

Bugun ertalab Tolibon jangarilari Farah shahridagi mahkama va unga yaqin davlat idoralariga hujum qilishlari oqibatida, rasmiylar xabarlariga ko‘ra, kamida 50 inson halok bo‘lgan, 90 dan ortiq odam yaralangan.

Qurbonlar va yaralanganlarning aksariyati tinch fuqarolar bo‘lgani aytiladi.

Rasmiylarga ko‘ra, jangarilar ikki mashinada hujum qilganlar.

Mahkama darvozasida xudkush hujumchi mashinani portlatganidan keyin qolgan jangarilar bilan otishma boshlangan.

Hujum uchun mas‘uliyatni Tolibon o‘z zimmasiga olgan.

Dastlab mo‘ljal hokim qarorgohi bo‘lgani aytilgan, so‘ngra rasmiylar va Tolibon bergan murojaatga ko‘ra, mahkama binosi nishonga olingan.

Afg‘on harbiy kiyimlarini kiygan jangarilar armiya avtomashinalarida bino oldigacha kelganlar. Bu ularni tekshirish nuqtasidan muammosiz bemalol o‘tib olishlariga imkon bergan, deb aytgan mahalliy politsiya vakili Assoshieyted pressga.

Bomba o‘rnatilgan avtomashina uylar va mijozlar bilan to‘la bankka yaqin kelganda portlatilgan.

Afg‘on rasmiylari 34 tinch fuqaro, 10 afg‘on harbiysi va 9 jangari o‘lganini tasdiqlagan.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, jangarilar 15 nafar safdoshlarini mahkama zalidan ozod qilishni rejalashtirganlar.

Politsiya vakili hibsdagi toliblar joyida ekanligini bildirgan, Tolibon esa Reyter agentligiga hujum orqasidan mahkamaga olib borilganlar ozod qilinganini aytgan.

Guvohlar ko‘z o‘nglarida haqiqiy urush bo‘lganini tasvirlab berishgan.